Hyundai Grandeur gibridga aylandi

Janubiy Koreyaning Hyundai kompaniyasi Seuldagi motorshouda yangi avlod Grandeur sedanining gibrid modifikatsiyasini namoyish etdi. Yangi mashina avvalgi namunalaridan ekstereri va salonining ichki ko‘rinishi bilan farqlanadi. Masalan, odatdagi plastmassa o‘rniga eman daraxti po‘stlog‘idan foydalanilgan.
Gibrid qurilmasi tarkibi 159 ot kuchiga ega, 2,4 litrli benzinli motor va 51 kuchli elektromotordan iborat. Unga, shuningdek, olti bosqichli avtomat uzatmalar qutisi hamda 1,76 kV*soatlik batareyalar to‘plami kiradi. Avvalgi avlod gibrid avtomobili bilan taqqoslaganda batareya quvvati 23 foizga oshgan. Elektr dvigateli 9 foizga kuchliroq bo‘lgan.
Gibrid sedani 100 kmga 6,2 litr yoqilg‘i sarflaydi. Mashina avvalgisidan 8 foizga tejamkorroq ekani aytilmoqda.
Hyundai Janubiy Koreyaning o‘zida yiliga 10 ming dona Grandeur gibridini sotishni rejalashtirmoqda. Uning narxi 32 mingdan 36 ming AQSh dollarigacha baholanayapti.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zarbalar almashuvidan keyin Pokiston va Hindistonda nimalar bo‘lmoqda - fotolar
Jahon | 22:00
-
Vatikanda konklav boshlandi. Kardinallar yopiq eshiklar ortida yangi Rim papasini saylashga kirishdi
Jahon | 21:54
-
AQSh migrantlarni Liviyaga deportatsiya qilishga tayyorlanmoqda
Jahon | 21:22
-
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
Jahon | 21:12