Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi Stinger fastbekiga doir tafsilotlarni ma'lum qildi. U brendning eng tez maşinasi va quvvatli avtomobili hisoblanadi. U brendning eng tez maşinasi va quvvatli avtomobili hisoblanadi. U noldan soatiga 100 km tezlikka avval xabar qilinganidek, 5,1 soniyada emas, 4,9 soniyada erişadi. Bu haqda işlab çiqaruvçi Seul motorşousi doirasidagi taqdimot marosimida ma'lum qilgan. 

Kia Stinger modelining jahon taqdimoti şu yilning yanvar oyida Detroyt avtoşousi doirasida bölib ötgan edi. Aynan öşa yerda, fastbek beş soniyadan biroz köproq vaqt içida yuzga çiqa olişi aytilgandi. 

Taqqoslaş uçun aytiş mumkinki, BMW M3 bu körsatkiçga erişiş uçun 4,1 soniya sarflaydi. 

Maşinaning eng kuçli namunasiga 6 silindrli, 370 ot kuçiga ega juft turbo motor örnatiladi. 3,3 litr dvigatel 8 bosqiçli avtomatik uzatmalar qutisi kömagida maşinani harakatga keltiradi. 

Stinger V6 motoridan taşqari  255 ot kuçiga ega 2,0 litrli «turbotörtlik» hamda 200 ot kuçiga ega 2,2 litrlii dizel motor bilan ham jihozlanadi.