Avstraliyalik qutqaruvçilar va öt öçiruvçilar Kvinslend ştatidagi Er şahrida yöl örtasida "Debbi" töfoni bilan çiqarib taşlangan akulani topişdi.
Uşbu holat aks etgan videoda avtomobil yölidagi kölmakda yotgan akulani köriş mumkin. Akula yonidan ötib ketayotganlar unga qöl-oyoqlari bilan astagina tegib körişmoqda. Akula topilgan vaqtda ölik bölgani sabab heç qanday xavf solmagan.
Qutqaruvçilar töfon bunday "mahluqlar"ni boşqa körimsiz joylarga ham olib çiqib taşlagan bölişi va u yerda yirtqiçlar odamga ziyon yetkazişi mumkinligini istisno qilişmagan.
"Toşqin vaqtida u yoki bu çuqur kölmakda nima yaşirinib yotganini bilmaysiz. Iltimos, oyoqlaringiz ostiga e'tibor berib yuring", deb aytgan qutqaruvçilardan biri.












