Avvalroq Qöqon şahrida 23 mart kuniga ötar keçasi fojiali oqibatlarga olib kelgan yonğin röy bergani haqida xabar bergandik. Hodisa tufayli bir oilaning 3 a'zosi halok bölgandi. Oradan bir hafta vaqt ötib - 31 mart kuni Özbekiston Içki işlar vazirligi matbuot xizmati bu haqda rasmiy ma'lumot berdi.
Xabarda “Farğona viloyati Qöqon şahrida yaşovçi fuqaro Q.Rajabovning uyida elektr simlarning qisqa tutaşuvi natijasida yonğin sodir böldi. Uning oqibatida uyning 100 kvadrat metr maydonda tomi, şift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan”, deyiladi.
Şuningdek xabar berilişiça, yonğinni öçiriş vaqtida uy egasinining turmuş örtoği hamda farzandlari — 2009 yilda va 2013 yilda tuğilgan öğillarining kuygan holdagi jasadlari topilgan.
Sayt manbasining xabar berişiça esa voqea röy bergan hududda ayni vaqtda gaz quvurlari kesib taşlangan. Bu hudud aholisi hozirda gaz ballonlaridan foydalanadi. Bu esa fojianing sababi haqida turli taxminlarni paydo qiladi.
Avvalroq xabar berganimizdek, 2017 yilning 18 mart kuni tonggi soat 3:00 atrofida Qöqon şahriga yondoş joylaşgan Danğara tumani hududidagi Oydin köçasi, 78-uyda uyda gaz portladi. Buning oqibatida uç inson oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgandi.
Keyinçalik hodisa oqibatida jabr körgan ikki nafar yoş yigit ikki kun içida birin-ketin hayotdan köz yumdi. Marhumlarning yaqin qarindoşi saytimizga bergan ma'lumotga köra, gaz bosimining öynab turişi, kutilmagan paytda kötarilib, tuşişi ana şunday fojiaga sabab bölgan.
Bizga ma'lum bölişiça, hodisa röy bergan kunlarda Qöqon şahri gazta'minot idorasi rahbari Uluğbek Tolipov işdan olingan. Voqea yuzasidan qandaydir tekşiruvlar olib borilayotgani haqida ma'lumotlar hozirça yöq.
Şuni alohida ta'kidlab ötişni istardikki, uşbu holat böyiça hali heç bir taşkilot rasmiy ma'lumot bergani yöq...
Qöqonda noxuş hodisa. Ona va farzandlari halok böldi
Qöqonda taşkilotlar mas'uliyatsizligi oqibatida ikki navqiron yigit majruh bölib qoldi
Qöqon fojiasi: yana bir kişi hayotdan köz yumdi
Qöqon nima qilsin – 22 yaşar öğli loqaydlikning qurboni böldi












