Avstraliyaning şarqiy qismida "Debbi" tropik böroni tufayli yuzaga kelgan toşqinlar oqibatida 5 kişi halok böldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda. 

1 aprelda Yangi Janubiy Uels va Kvinslend ştatlari hukumatlari 3 kişi, 2 aprelda esa yana 2 kişi halok bölganini ma'lum qilişgan. 

Ma'lum qilinişiça, yana 3 kişi bedarak yöqolgan deb hisoblanmoqda. Toşqin sababli yakkalanib qolgan joylar aholisiga tibbiy yordamni yetkazişga Avstraliya mudofaa kuçlari jalb qilingan.