AQŞ prezidenti Donald Tramp agar Xitoy Pxenyanga bosim ötkazişni oşirmasa, Şimoliy Koreyadan bildirilayotgan yadroviy xavfni bartaraf etiş böyiça bir tomonlama harakatlar körişidan ogohlantirdi. Bu haqda Financial Times naşri xabar bermoqda. 

Tramp naşrga bergan intervyusida Xitoy raisi Si Tszinpin bilan bölib ötadigan uçraşuvda Şimoliy Koreya yadroviy dasturidan taralayotgan xavfni muhokama qilişini ma'lum qilgan. 

"Xitoy Şimoliy Koreyaga katta ta'sirga ega. Xitoy bizga Şimoliy Koreya masalasida yordam berişi yoki bermasligi haqida qaror qabul qiladi", deb aytdi Tramp va Xitoyning yordam beriş borasidagi ijobiy qaror Pekinga foyda bölşini, salbiy qaror esa heç kimga foyda bölmasligini aytdi.

Biroq Tramp Şimoliy Koreya muammosini Xitoyning yordamisiz ham eplay olişini yaqqol tuşuntirib qöydi. Tramp Xitoy Şimoliy Koreyaga bosim ötkazişi evaziga AQŞ keyin Koreya yarimorolidan qöşinlarini olib çiqib ketişini közda tutuvçi "katta bitim" imkoniyatini körib çiqişi borasidagi savolga "Agar Xitoy Şimoliy Koreya muammosini hal qilişni istamasa, biz buni özimiz qilamiz. Bu sizga aytadigan hamma gapim" deb javob bergan.