Yaponiya hukumati 4 aprel kuni 2020 yilda Tokioda bölib ötadigan Olimpiada va Paralimpiada öyinlarida xavfsizlikni ta'minlaş sohasidagi asosiy strategiyani tasdiqladi, deb xabar bermoqda "Kiodo" axborot agentligi. 

Tasdiqlangan rejada kunböyi faoliyat yurituvçi muvofiqlaştiruvçi markaz yaratiş, sport obektlari va "olimpiya qişloği" ortidan kuçaytirilgan kuzatuv olib borilişi közda tutilgan.

"Olimpiadaga işonçli tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş hukumatning muhim vazifasi hisoblanadi", deb aytgan Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe. U yaponiyaliklarni barça belgilangan çoralarni amalga oşiriş ustida işlaşga çaqirdi.

Axborot agentligining ta'kidlaşiça, hukumatning rejasi Yaponiyani "dunyodagi eng xavfsiz davlatga" aylantirişga qaratilgan. Iyulda xavfsizlik böyiça maxsus axborot markazi oçiş rejalaştirilgan, u Yaponiya politsiyasi boşçiligida faoliyat yuritadi.

6 aprelda Yaponiya hukumati parlamentga yirik jinoyatlarga, ular amalga oşirilmagan bölsa ham, tayyorgarlik köriş uçun jazoni közda tutuvçi aksilterrorçilik qonunini körib çiqiş uçun topşiradi. Taxmin qilinişiça, uşbu qonun Tokiodagi öyinlar xavfsizligini ta'minlaşga qaratilgan. Biroq Yaponiya muxolifati uşbu qonun loyihasi mamlakatda erkinlikni bostiriş uçun qaratilgan bölişi mumkinligidan xavotir bildirgan.