4 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida "Qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş böyiça olib borilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar" mavzusidagi matbuot brifingi ötkazildi.
“2017-2018 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini saqlaş va çuqur qayta işlaş quvvatlarini taşkil etişni rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi dasturni amalga oşiriş meva-sabzavot mahsulotlarini qayta işlaş hajmining yillik 340 ming tonnaga, sovutgiçli siğimlar hajmining 164,9 ming tonnaga, tara-qadoqlaş mahsulotlari işlab çiqariş hajmining 32,4 million donaga oşişiga olib keladi. Natijada, 2019 yilda respublikada işlab çiqariladigan meva-sabzavot mahsulotlari hajmiga nisbatan qayta işlaşning uluşi 24 foizni taşkil etib, 4,6 mingta yangi iş örni yaratiladi.
Natijada 2017-2021 yillarda qişloq xöjaligida oziq-ovqat mahsulotlari xom aşyosini işlab çiqariş örtaça 1,4 barobarga, jumladan meva-sabzavot va uzum – 1,4 barobarga, göşt – 1,3 barobarga, sut – 1,5 barobarga köpayadi.
Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 2021 yilda 2016 yilga nisbatan 2,3 barobarga, qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmi esa 2 barobarga oşişi ta'minlanadi. Şu bilan birga, marketing böyiça izlanişlarni kengaytiriş, mahsulotlarni zamonaviy ilğor texnologiyalar asosida qadoqlaş hamda işlab çiqarişda ISO 9001, 22000 xalqaro standartlarini joriy etiş evaziga mahalliy işlab çiqaruvçilar raqobatbardoşligini oşiriş qat'iy belgilangan çora-tadbirlar asosida amalga oşirib boriladi.
Sohada kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantiriş uçun, qişloq-xöjaligi mahsulotlarini saqlaş, logistika va eksport qiliş infratuzilmasini yaratiş maqsadida tijorat banklari orqali Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro tiklaniş va taraqqiyot banki va JICA kabi xalqaro moliya institutlarining 650 million dollar miqdoridagi imtiyozli kreditlarini jalb etiş közda tutilgan.











