Ijtimoiy tarmoqlarda yaylov çiptasi joriy qilinişi hamda endilikda dalada mol boqiş pulli bölişi haqidagi xabarlar tarqaldi. Kun.uz holatni örgandi.
“Yaylov çiptasi” tizimi bundan bir neça oy avval Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan işlab çiqilgan qaror loyihasida keltirilgan. Loyihada yaylov çiptasi pulli bölişi qayd etilgan. Ammo prezident imzolagan qarorda yaylov çiptasi ötmagan.
Çipta mexanizmi 10-noyabr kuni Qonunçilik palatasi majlisida birinçi öqişda qabul qilgan “Yaylov töğrisida”gi qonunga kiritilgan. Biroq palata xabarida u pulli yoki bepul bölişiga aniq aytilmagan.
Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yiğilişidan tarqatilgan videolavhada çipta pulli bölişi aytilgan, partiyaning bu yiğiliş haqidagi matnli axborotida esa fuqarolar yaylov çiptasi asosida yer maydonlaridan bepul foydalanişi qayd etilgan.
Vazirlik loyihasi
Qişloq xöjaligi vazirligi 2026-yil iyulida yaylov yerlaridan samarali foydalanişni nazarda tutuvçi qaror loyihasini muhokamaga qöygan. Muhokama 29-iyulda yakunlangan.
Hujjat loyihasida mahalliy aholi tomonidan uy şaroitida boqiladigan çorva mollarini ötlatiş uçun böş turgan yerlarda jamoat yaylovlarini taşkil etiş taklifi ilgari surilgan. Jamoat yaylovlari xalq deputatlari tuman va şahar kengaşlarining qaroriga asosan hududiy yaylov xöjaliklari tomonidan 49 yil muddatga mahalla fuqarolar yiğinlariga bepul ijaraga berilişi nazarda tutilgan.
Loyihada jamoat yaylovlaridan foydalanişda har oylik yaylov çiptasi tizimi joriy qilinişi, çipta mahalliy aholiga pulli va kambağallik reyestrida röyxatda turgan aholi uçun bepul asosda taqdim etilişi, çiptaning oylik tölov miqdori mahalla fuqarolar yiğini kengaşining qarori bilan belgilanişi nazarda tutilgan.
Şuningdek, jamoat yaylovlaridan faqat öşa hududda doimiy yaşovçi mahalliy aholi ehtiyojlari uçun uy şaroitida boqiladigan çorva mollarini ötlatiş uçun foydalanilişi, uni ikkilamçi ijaraga beriş, foydalanuvçilar örtasida yer uçastkalarini çegaralaş va bölib oliş taqiqlanişi közda tutilgan.














