Sankt-Peterburgdagi terakt ijroçisi Rossiya fuqaroligiga ega qirğizistonlik tomonidan sodir etilgan bölişi mumkin. Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi şunday ehtimolni istisno etmagan.

«Ha, dastlabki ma'lumotlarga köra, Sankt-Peterburgda 3 aprel kungi portlaş Rossiya pasportiga ega Qirğiziston fuqarosi», degan maxsus xizmat rasmiysi Raxat Sulaymanov «Interfaks» agentligi muxbiriga.

Aniqlik kiritilişiça, metroda özini portlatgani gumon qilinayotgan şaxs 1995 yili Qirğiziston janubidagi Öş şahrida tuğilgan Akbarjon Jalilov.

U bu masalada Rossiya tomoni bilan doimiy aloqada bölib turilganini qöşimça qilgan.

Peterburgdagi portlaşni qozoğistonlik sodir etgani aytildi, Qozoğiston munosabat bildirdi

Bundan oldinroq kelib çiqişiga köra örta osiyolik bölgan şaxs portlaş taşkilotçiligida asosiy gumondorga aylangani xabar qilingandi.

Qirğiziston öz fuqarosi Peterburgdagi portlaş ijroçisi sifatida gumonlanayotganiga izoh bermadi

3 aprel Moskva vaqti bilan soat 14.30da Sankt-Peterburg metrosining «Sennaya ploşçad» va «Texnologiçeskiy institut-2» stansiyalari örtasidagi yölda ketayotgan metro poyezdida portlaş yuz bergan. «Ploşçad Vosstaniya» stansiyasida qöyilgan portlovçi moddaning öz vaqtida aniqlanişi evaziga yana bir portlaş oldi olingan. 

Uşbu portlaş qurbonlari soni 11 nafar, jarohatlangan holda şifoxonaga yotqizilganlar soni 51 nafarga yetgan. 

Portlaş ijroçiligida gumon qilingan şaxs politsiyaga keldi, boşqa gumonlanuvçi surati paydo böldi