Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg şahri metrosidagi portlaş natijasida insonlar halok bölişi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari öz maktubida halok bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga çuqur hamdardlik sözlarini yetkazişni söradi.

Bugun, 3 aprel kuni Sankt-Peterburg metrosida, poyezd «Texnologiya instituti» bekatidan harakatlanişni boşlaganida portlaş yuz berdi. Sönggi ma'lumotlarga köra uşbu portlaş tufayli 10 kişi halok bölgan, 22 kişi jarohatlangan.

Seşanba kunidan Sankt-Peterburg şahrida uç kunlik motam e'lon qilindi.