Bugun, 4 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligida "Qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş böyiça olib borilayotgan islohotlar va istiqboldagi vazifalar" mavzusidagi matbuot brifingi ötkazildi.
Tadbirda iştirok etgan "Kun.uz" muxbirining xabar berişiça, unda mustaqillik yillarida oziq-ovqat sohasini rivojlantiriş borasida keng kölamli islohotlar amalga oşirilgani, mazkur sohaga investitsiya jalb etgan holda, zamonaviy texnologiyalarni meva-sabzavot, göşt va sut mahsulotlarini qayta işlaş va işlab çiqarişga joriy qilinayotgani, işlab çiqariş texnologik bazasining yangilanişi evaziga içki bozorni sifatli mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlaş imkoniyati yaratilib, sanoatda mazkur tarmoq uluşining tobora oşişiga zamin yaratgani ta'kidlandi.

Brifingda ma'lum qilinişiça, Özbekistonda oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş ösiş sur'ati yiliga örtaça 9-10 foizni taşkil etmoqda. Şuningdek, mahsulotning eksport hajmi ham yildan-yilga ortmoqda. Bu borada davlatimiz tomonidan muhim farmon va qarorlar, davlat dasturlari qabul qilinib, ularning ijrosi izçil ta'minlanmoqda.
Sönggi 5 yilda mamlakatda oziq-ovqat sohasini jadal rivojlantiriş va diversifikatsiyalaş uning xom aşyo bazasini kengaytiriş va mahsulotlar işlab çiqariş hajmini oşiriş imkonini berdi. Jumladan, meva-sabzavot va uzum mahsulotlari işlab çiqariş 1,6 baravarga, göşt mahsulotlari – 1,4 baravarga, sut mahsulotlari – 1,4 baravarga oşdi.

Bugungi kunda respublikamizda 9760 dan ortiq oziq-ovqat korxonalari faoliyat körsatib kelmoqda. Yiliga örtaça 1,74 million tonna meva-sabzavot mahsulotlarini qayta işlaş imkoniyatiga ega bölgan 270 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, şuningdek, 479 ming tonna oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaş quvvatiga ega sovutiş kameralari bilan jihozlangan 994 ta zamonaviy siğimlar mavjud.












