Prezident Şavkat Mirziyoyevga “Özbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining joriy yil birinçi yarmidagi faoliyati va yil yakuniga qadar ustuvor vazifalari yuzasidan hisobot berildi.

Joriy yilning birinçi yarmida jamiyat tomonidan 11,5 milliard kub metr tabiiy gaz qazib çiqarildi. Ayni paytda neft, dizel yonilğisi, aviakerosin va suyultirilgan gaz işlab çiqariş hajmi prognoz körsatkiçlaridan yuqori böldi.

Yil yakuniga qadar 1 million 100 ming tonna avtobenzin, 983 ming tonna dizel yonilğisi, 310 ming tonna aviakerosin, 606 ming tonna suyultirilgan gaz va qariyb 1 million 180 ming tonna sintetik mahsulot işlab çiqariş közda tutilgan.

Dunyodagi geosiyosiy vaziyat keskinlaşişi natijasida Markaziy Osiyo yönalişida aviaqatnovlar soni ortib bormoqda. Jumladan, Özbekistonga amalga oşirilayotgan reyslar soni 2025-yilga nisbatan köpaygan. Joriy yil iyul-dekabr oylarida aviakerosinga bölgan talab 375 ming tonnani taşkil etişi, ya’ni ötgan yilning mos davriga nisbatan 27 foizga ösişi kutilmoqda. Uning asosiy qismi mahalliy neftni qayta işlaş zavodlari hisobidan qoplanadi.

Şu bilan birga, ayrim hamkor mamlakatlarda neft mahsulotlari eksportiga çeklovlar joriy etilgani sababli muqobil manbalardan, jumladan, Gruziya, Iroq va boşqa davlatlardan aviakerosin import qiliş yölga qöyildi.

Geologiya-qidiruv işlarining sifati va hajmini oşiriş maqsadida “Özbekgeofizika” aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qiliş rejalari haqida ham axborot berildi. Kon-geofizika uskunalarini yangilaş va zamonaviy dala 3D seysmik majmuasini xarid qiliş uçun 38,8 million dollar yönaltiriş közda tutilgan.

Şuningdek, xorijiy kompaniyalar, xususan, AQŞning “Schlumberger” kompaniyasi bilan hamkorlikda seysmik ma’lumotlarni qayta işlaş markazini taşkil etiş böyiça işlar olib borilayotgani ma’lum qilindi. Markazda zamonaviy superkompyuter majmuasi örnatiladi, yangi dasturiy ta’minotlar xarid qilinib, seysmik tadqiqotlarda sun’iy intellektdan keng foydalaniş yölga qöyiladi.

Mazkur tadbirlar hisobiga yillik 3D seysmik tadqiqotlar maydoni 1 ming 800 kvadrat kilometrdan 5 ming kvadrat kilometrga, örganiş çuqurligi esa 4,5 ming metrdan 8 ming metrga yetkaziladi. Tayyorlanadigan istiqbolli geologik tuzilmalar soni 19 tadan 30 taga oşadi.