Rossiyaning Ryazan viloyatidagi Mixaylovsk tumanida yirik yöl-transport hodisasi yuz berdi: M-6 "Kaspiy" trassasida avtobus va yuk maşinasi töqnaşib ketdi. Oqibatda 2 kişi halok bölgan, 31 kişi jarohat olgan.
Jarohatlanganlar turli oğirlikdagi jarohatlar bilan Mixaylovsk tuman şifoxonasiga yetkazilganlar.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, YTHga rulda uxlab qolgan yuk maşinasi haydovçisi sababçi bölgan. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligiga viloyatning transportdagi nazorat xizmatidagi manba ma'lum qilgan. Uning aytişiça, haydovçi uxlamasdan va dam olmasdan, me'yoridan ança köp işlab yuborgan. Manbaning ma'lum qilişiça, jabrlanganlar orasida 8 nafar bola ham bor. Avtobus haydovçisi va yölovçilardan biri halok bölgan.
Ma'lum qilinişiça, YTH haqidagi xabar 5 aprel soat 23.20da berilgan. Avtohalokat oqibatlarini bartaraf etişda 37 kişi iştirok etgan hamda 13 ta texnika vositasi jalb qilingan.












