6 aprel kuni Özbekiston va Rossiya hukumatlari örtasidagi turizm sohasida hamkorlikni rivojlantiriş haqidagi kelişuv imzolandi va şu kundan boşlab kuçga kirdi. Bu haqda huquq ma'lumotlari portaliga asoslani RIA Novosti xabar bergan.
Ikki mamlakat öz fuqarolarini bir-birining an'analari, fan, iqtisodiyot, ijtimoiy taraqqiyot, madaniyat, tabiat maskanlari, tarixiy yodgorliklari bilan taniştiriş maqsadida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişga kelişib olgan.
«Tomonlar xalqaro anjumanlar, forumlar, seminarlar, körgazmalar, ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlar vositasida «Buyuk Ipak yöli» kabi özaro turistik yönalişlar hamda brendlarni rivojlantiradi», — deyilgan xabarda.
OAVda reklama kampaniyalari va turizmni rivojlantiriş böyiça tadbirlar ötkaziş, bir-birlarining hududlarida taşkil qilinadigan turistik yarmarka va körgazmalarda iştirok etiş, taniştiruv sayohatlarini uyuştiriş, turizm sohasiga investitsiyalar kiritişni qöllab-quvvatlaş, turizm sohasida axborot va malaka almaşiş ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikning asosiy sohalari sifatida belgilangan.
Uşbu kelişuv imzolangan kuni — 2017 yil 5 apreldan kuçga kirgan.
Fevral oyida boş vazir örinbosari Rustam Azimov Özbekiston va Rossiya turizm böyiça kelişuv imzolaşi haqida ma'lum qilgandi.
U Rossiya fuqarolarining Özbekistondagi Samarqand, Buxoro, Xiva, Toşkent va boşqa şaharlarga taşrif buyurişga qiziqiş yuqori ekanligini qayd etib, mazkur yönalişda tarixiy, ekologik, rekreatsion, gastronomik, madaniy va boşqa körinişdagi turizm sohalarini rivojlantiriş böyiça ulkan istiqbol mavjudligini ta'kidlagandi.
Şuningdek, u özbekistonliklar orasida nafaqat Moskva va Sankt-Peterburg, balki Oltin halqa şaharlari, Volga va Şimoliy Kavkaz, Qora dengiz va Baykal köliga sayohat qilişga qiziqiş oşib borayotganligini qayd etgandi.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyevning Moskvaga taşrifi vaqtida «Aeroflot» Samarqandga yangi muntazam reysni yölga qöyişi böyiça kelişuvga erişildi.











