Vaşington Suriya böyiça keyingi harakatlarga tayyor, biroq bunga hojat bölmaydi, deb umid qiladi. Bu haqda BMTning AQŞdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ma'lum qildi. 

"Ötgan tun AQŞ juda öylangan qadamni amalga oşirdi. Biz keyingi harakatlarga tayyormiz, biroq bunga hojat bölmaydi, deb umid qilamiz", deb aytdi Xeyli BMT Xavfsizlik kengaşining Suriya böyiça yiğilişida.

Xeyli Rossiyani Suriyadagi vaziyat uçun javobgar deb aytdi. Uning aytişiça, Rossiya "Suriya prezidenti Başar Asadning jinoyatlariga" e'tibor qaratmagan. 

"Rossiya ham salmoqli javobgarlikka ega. Asad har gal insoniylik çegarasini xatlab ötganda, Rossiya u bilan birga turgan", deb aytdi Xeyli.

Uning aytişiça, Rossiyaning qöllab-quvvatlovi "Asad tuzumini" faqatgina kuçaytiradi.

Öz navbatida Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili örinbosari Vladimir Safronkov AQŞni Suriyaga nisbatan tajovuzni töxtatişga va terrorçilikka qarşi kuraşni boşlaşga çaqirdi.