Xitoy xalq respublikasining maxsus ma'muriy tumani – Hongkong politsiyasi sönggi ön yil davomidagi eng katta hajmdagi marixuana giyohvandlik vositasi partiyasini musodara etdi. Uning qiymati 3,86 million AQŞ dollariga baholanmoqda, deb xabar berdi RTHK mahalliy radiostansiyasi.
Xabar qilinişiça, politsiya giyohvand moddani ham, uni yetiştirişga möljallangan asbob-uskunalarni ham musodara qilgan. Tört kişi hibsga olindi. Şuningdek politsiya qölga olinganlar yonidan 10 million Hongkong dollarini topdi.
South China Morning Post gazetasi ma'lumotiga köra, qölga olingan şaxslarning uç nafari honkongliklar bölsa, bir nafari Indoneziya fuqarosi.
Politsiya ma'lumotiga köra, marixuana Hongkong hududida iste'mol qilişga möljallanib yetiştirilgan.












