Özbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov 28-avgust kuni XXRning Honkong maxsus maʼmuriy hududidagi “Bir makon, bir yöl” ofisi rahbari Nikolas Xo Lik-Çi bilan uçraşdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uçraşuvda Toşkent–Samarqand pulli avtomobil yöli qurilişi loyihasini moliyalaştirişda Honkong banklarining iştiroki masalasi körib çiqildi. Lik-Çi bu loyiha Honkong tomoni uçun ustuvor ekanligini taʼkidladi.

Şuningdek, Özbekiston va Honkong örtasida havo qatnovi töğrisidagi Hukumatlararo bitimni imzolaş hamda töğridan töğri muntazam aviaqatnovlarni yölga qöyiş masalasi ham muhokama qilindi.

“Muzokaralar yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirişdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar va istiqbolli loyihalarni puxta işlab çiqiş böyiça amaliy hamkorlikni davom ettirişga kelişib oldilar”, – deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib ötamiz, joriy yil may oyida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi delegatsiya Honkongga taşrif buyurgan edi.

Toşkent–Samarqand pulli yöli qurilişiga 22-avgust kuni start berildi. 2,2 mlrd dollarlik loyihaning moliyalaştiriş manbalari oçiqlanmagan.

Transport vaziri Ilhom Mahkamovga köra, loyiha ikki bosqiçda amalga oşiriladi: avvaliga Xitoyning China Overseas Engineering Group (COVEC) kompaniyasi avtomagistralni qurib, uni 2030-yilda foydalanişga topşiradi, keyin tayyor yölni boşqariş uçun operator kompaniya tanlanadi va u magistralni pulli yölga aylantiradi.