Xitoy va AQŞ harbiy sohadagi hamkorlikni kuçaytirişi, muloqot mexanizmini rivojlantirişi va yaxşilaşi lozim. Bu haqda Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpin şanba kuni ma'lum qildi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Tszinpin Qöşma Ştatlarning Floridasida 6-7 aprel kunlari uçraşişdi.
"Tomonlar harbiylar örtasida özaro işonç va hamkorlikni birgalikda töxtovsiz kuçaytirib borişi kerak", - deya Si Tszinpinning Tramp bilan uçraşuvdan keyingi sözlarini keltiradi XXR Taşqi işlar vazirligi.
Xitoy rahbarining sözlariga köra, Xitoy va AQŞ şuningdek bir-birini muhim harbiy harakatlar haqida xabardor etiş mexanizmini töxtovsiz işlatişi va yaxşilab borişi darkor.
"Harbiy xavfsizlik va bu sohadagi özaro işonç Xitoy hamda AQŞning strategik xarakterga ega özaro işonçi asosi hisoblanadi. Tomonlar barça darajadagi harbiylar örtalarida aloqalarni qöllab-quvvatlab turişi, mudofaa vazirliklari örtasida muloqot va maslahatlaşuvlar mexanizmini, Osiyo-Tinç okeani mintaqasida xavfsizlik masalalari böyiça maslahatlaşuvlar muloqotini rivojlantirişda davom etişi kerak", - deya aytib ötdi XXR raisi.












