Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar Ichki ishlar organlariga ishga qabul qilish bo‘yicha E'LON!
Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatda turuvchi va shu yerda istiqomat qiluvchi, 30 yoshdan oshmagan, bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmagan, o‘rta, o‘rta-maxsus va oliy ma'lumotga ega bo‘lgan, Qurolli kuchlar safida muddatli, bir oylik yoki oliy o‘quv yurtining harbiy kafedrasida tahsil olgan, ichki ishlar organlarida xizmat qilish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ishga qabul qilamiz.
Nomzod IIVning amaldagi me'yoriy-buyruq talablari asosida boshlang‘ich suhbatdan o‘tishi, sinovlarni (diktant, psixologik test va sport) topshirishi, belgilangan hujjatlarni yig‘ishi, harbiy-tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, mutaxassisligi bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda amaliyotni o‘tashi hamda yakuniy test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirib, ichki ishlar organlariga qabul qilinganligi haqida buyruq chiqquniga qadar 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi shart.
Murojaat uchun manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Navoiy ko‘chasi, 9A-uy, Toshkent shahar IIBB Shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati Kasbiy tayyorgarlik markazi. Tel: 234-01-15, 235-67-40
Mavzuga oid
13:28 / 11.04.2026
Xodimlarga daydi topishni buyurgan Olmazor tumani IIB amaldori ishdan olindi
20:48 / 08.04.2026
Gulira’no Qosimova ishi: Furqat tumani IIB sobiq rahbarlariga hukm o‘zgarishsiz qoldirildi
18:47 / 06.04.2026
Ichki ishlar xodimini urgan haydovchi uzr so‘radi
19:40 / 03.04.2026