«Barselona» Ispaniya milliy jamoasining 30 yoşli yarimhimoyaçisi Rodri «Mançester Siti»dan transfer qilinganini rasman e’lon qildi. Amaldagi jahon çempioni kök-anorranglilar klubi bilan 2030-yilga qadar amal qiluvçi şartnoma imzolagan. OAV ma’lumotiga köra, uşbu transfer 60 million yevro va qöşimça bonuslar (16,5 milliongaça yetadi) evaziga hal bölgan, futbolçi yangi klubida özining sevimli 16-raqami ostida töp suradi.

«Bu uning ritmi»

Kataloniyaliklar yarimhimoyaçining taniştiruv marosimini 18-avgust kuni ötkazdi.

«Barselona» va «Mançester Siti» futbol olamida Rodri nomi bilan tanilgan Rodrigo Ernandes Kaskante transferi böyiça yakuniy kelişuvga erişgan. Futbolçi bilan şartnoma 2030-yil 30-iyuniga qadar möljallangan. Ispaniyalik uşbu futbolçi tayanç yarimhimoyaçisi pozitsiyasida öynaydi va öz pozitsiyasida dunyoning eng yaxşilaridan biri hisoblanadi. U öz taktik uquvi, töp bilan sovuqqon harakatlanişi, uni raqibdan olib qöyiş qobiliyati va uzatmalari aniqligi bilan ajralib turadi», – deyiladi klub rasmiy sayti xabarida.

Kök-anorranglilar klubi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham «Oltin töp» sohibi şa’niga balandparvoz sözlarni ayaşmagan.

«Bu uning ritmi va öyini. Makon va vaqt ustasi Barselonada töxtadi», – deyilgan Rodri transferi anons qilingan postda.

Futbolçining özi kataloniyaliklar klubiga ötişini orzuning uşalişi deb atagan.

«„Barselona“ uçun öynaş – men uçun orzu edi. Men jamoadoşlarim bilan tezroq uçraşişni juda xohlayapman, ularning köpçiligini yaxşi taniyman (Pedri, Gavi, Dani Olmo, Pau Kubarsi, Erik Garsiya, Joan Garsiya va Lamin Yamal kabi futbolçilar unga Ispaniya milliy jamoasida ham jamoadoş). Çempionlar ligasida va oldinda bizni kutayotgan boşqa turnirlarda ğalaba qozoniş uçun bor kuçimizni işga solib, işlaş vaqti keldi», – deya uning sözlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Viktor Navarro.

Transferning moliyaviy jihatlari rasman oşkor etilmayapti. The Athletic xabariga köra, «Barselona» futbolçi uçun 60 million yevro tölaşi kafolatlangan. Kök-anorranglilar yana 16,5 million yevrogaça bölgan mablağni bonuslar körinişida ötkazib berişi mumkin. Şundan 11 million yevro qismi oson erişiladigan bonuslar. OAV ma’lumotiga köra, futbolçi uçun uning sevimli bölgan 16-raqami berilgan, «Barselona»da bu raqam oldin Fermin Lopesga tegişli edi – 23 yoşli yarimhimoyaçi taniqli futbolçi uçun bu raqamni böşatib bergan.