Içki işlar vaziri, general-leytenant Aziz Toşpölatov rahbarligida vazirlikning 2026-yil ikkinçi çoragidagi faoliyati yakunlariga bağişlangan Hay’at yiğilişi ötkazildi.

Yiğilişda joriy yilning birinçi yarmida respublikadagi kriminogen vaziyat, oğir va öta oğir jinoyatlar, jamoat xavfsizligini ta’minlaş, kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş hamda xizmat intizomi bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.

Hisobot natijalariga köra, ötgan olti oy davomida hududlardagi kriminogen vaziyatni barqarorlaştirişda jiddiy kamçiliklarga yöl qöygan 6 nafar şahar va tuman içki işlar organlari boşliqlari, ularning jamoat xavfsizligini ta’minlaş yönalişi böyiça 2 nafar örinbosari hamda viloyat içki işlar boşqarmalarining 2 nafar mas’ul rahbarini lavozimidan ozod etiş böyiça Hay’at qarori qabul qilindi.

Bundan taşqari, 7 nafar rahbarga qattiq intizomiy jazo qöllaş, yana 3 nafar rahbarning lavozimida qoliş yoki qolmaslik masalasini körib çiqiş belgilandi.

Yiğilişda keltirilgan ma’lumotlarga köra, 2026-yilning dastlabki olti oyida 5 778 ta mahallada, ya’ni mahallalarning 64 foizida jinoyat sodir etilişiga yöl qöyilmagan. Şu bilan birga, 476 ta mahallaning hanuz “qizil” toifada qolayotgani tanqid qilindi.

Hisobot davrida qidiruvda bölgan 5 010 nafar şaxs qölga olingan, bedarak yöqolgan 2 616 nafar şaxs aniqlangan. Jinoyatlarni aniqlaş körsatkiçi 31,4 foizga yaxşilanib, fuqarolarga yetkazilgan 1 trln 365 mlrd sömlik moddiy zarar qoplab berilgan.

Kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş yönalişida esa olti oyda 9 282 ta kiberjinoyat foş etilgan, 4 011 ta jinoyat taşabbus asosida aniqlangan. 13 mingdan ortiq fuqaroga yetkazilgan 120 mlrd 496 mln sömdan ziyod zarar qaytarilgan.

Markaziy bank bilan hamkorlikda yölga qöyilgan maxsus tizim orqali 29 trln sömning noqonuniy ravişda çetga çiqib ketişining oldi olingan, jinoyatlarga aloqador 18 838 ta bank kartasi bloklangan.