Fransiya taşqi işlar vaziri Jan-Mark Eyro Lukkadagi “Katta yettilik” davlatlari TIV rahbarlari uçraşuvida Rossiya va Suriyaga nisbatan sanksiyalar haqida qaror qabul qilinmaganini ma'lum qildi. Bu haqda Reyter agentligi ma'lum qildi.
Blumberg agentligi ma'lumotiga köra esa, Moskvaga nisbatan çeklovlarni kengaytiriş masalasi umuman muhokama etilmagan.
Eyro G7 barça davlatlari Suriya prezidenti Başar Asad mamlakat kelajagining bir qismi bölişi mumkin emas, degan fikrda ekanini ta'kidlab ötdi. Şuningdek Fransiya TIV rahbarining qayd etişiça, Suriyadagi mojaroni hal qilişga qöyilgan birinçi qadam – bu öt oçişni töxtatiş bölişi kerak.
Avvalroq Buyuk Britaniya TIV rahbari Boris Jonson uçraşuvda Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuçaytirişni talab qilmoqçi ekani haqida ma'lum qilgandi. Sun’ning yozişiça, britaniyalik vazir G7 Idlibdagi kimyoviy hujumdan söng qöşma bayonot e'lon qilişini xohlamoqda. Unga köra, Rossiya Suriya prezidenti Başar Asadni qöllab-quvvatlaşni bas qilişi hamda mamlakatdan qöşinlarni olib çiqib ketişi kerak böladi. Moskva rad javob bersa, Ukraina bilan boğliq hodisalar tufayli kiritilgan sanksiyalar röyxatiga yangilari qöşiladi, deb ta'kidlaydi gazeta.
Suriya muxolifati 4 aprel kuni Xan-Şeyxun şahrida kimyoviy qurol işlatilgan holda amalga oşirilgan hujum natijasida 80 kişi halok bölgani va 200dan ortiq inson jabrlanganini ma'lum qildi. Vaşington va uning koalitsiya böyiça ittifoqçilari bunda Damaşqni ayblaşdi.












