"Rosaviatsiya" Rossiya aviakompaniyalariga Turkiyaga charter reyslari töxtatilişi mumkinligidan ogohlantiruvçi telegramma jönatdi. Bu haqda uşbu sohadagi manba RIA “Novosti” axborot agentligiga ma'lum qildi.  

Bunday çoralarga "Turkiyadagi murakkab içki siyosiy vaziyat" sabab sifatida keltirilgan.

Şu bilan birga "Rosturizm"ning turistik loyihalar va turizmdagi xavfsizlik davlat boşqarmasi boşliği Svetlana Sergeyeva boşqarma parvozlar töxtatilişi mumkinligi haqidagi ma'lumotga ega emasligini aytgan.

Rossiya turoperatorlari uyuşmasi ijroçi direktori Mayya Lomidzening aytişiça, hozirça Turkiyaga charter reyslarga taqiqlov yöq.

"Balki gap agar Turkiyada 16 apreldagi siyosiy voqealar bilan boğliq holda vaziyat salbiy ssenariy böyiça ketsa, qandaydir keskinliklar bölişi mumkinligidan ogohlantiriş haqida ketayotgan bölişi mumkin", deb aytgan Lomidze.  

Ikki davlat örtasidagi charter reyslar 2015 yil noyabrda Suriyada Rossiyaning Su-24 samolyoti turk samolyoti tomondan urib tuşirilgandan keyin 9 oyga uzilib qolgandi. Rossiyadan Turkiyaga sayyohlar oqimi 2016 yilning birinçi oylarida 90 foizgaça kamayib ketgan.

2016 yil yozida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Rossiya prezidenti Vladimir Putindan samolyotning urib tuşirilişi uçun keçirim söragandan keyin özaro keskinlik barham topgan. Şundan keyin Rossiya hukumati parvozlarga taqiqlovni bekor qilgan, Turkiyaga birinçi charter reys esa 2 sentabrda amalga oşirilgan.