Prezident Şavkat Mirziyoyev 12 aprel kuni poytaxtimizda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanişdi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Davlat rahbari Çilonzor tumanidagi “Rele va avtomatika” aksiyadorlik jamiyatiga taşrif buyurdi.
Aktsiyadorlik jamiyatining umumiy yer maydoni 3,91 gektar, işlab çiqariş maydoni 2,26 gektar. Bu yerda yuzga yaqin turdagi metall va plastmassa buyumlar, past kuçlanişli qurilmalar tayyorlanmoqda, şu yönalişda xizmatlar körsatilmoqda. Hududda işlab çiqarişni kengaytiriş uçun yaxşi imkoniyat, zarur infratuzilma mavjud.
Jamiyatning böş turgan binolari negizida texnopark taşkil etilib, 2017-2018 yillarda 10 investitsiya loyihasi amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Uşbu loyihalar natijasida bu yerda kassa va terminal uçun qoğozlar, trikotaj mahsulotlari, gidravlika moylari, plastik truba va fitinglar, propilen qoplar, mebel, akril va kantselyariya tovarlari işlab çiqariş yölga qöyiladi.
Davlat rahbari bu yerda import tovarlarni mahalliylaştiradigan, eksportga yönaltirilgan mahsulotlar işlab çiqaradigan korxonalar taşkil etiş zarurligini ta'kidladi.












