AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson Rossiya va AQŞ munosabatlaridagi eng murakkab muammolarni hal qiliş böyiça Rossiya-AQŞ işçi guruhi yaratilişini tasdiqladi.   

"Hammamiz uçun muhim hisoblangan hamda eng uzoq davom etuvçi va murakkab masalalarni hal qiliş böyiça işçi guruh yaratişga kelişib oldik", deb Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar natijalariga köra aytdi Tillerson.  

"Biz davlatlarimiz örtasida işonçni tiklaş va munosabatlarning yomonlaşişini töxtatiş uçun barça işni qilişimiz kerak", deb qöşimça qildi Tillerson.

Uning aytişiça, Vaşington va Moskva harbiy va diplomatik kanallar böyiça aloqalarni saqlab qolişi kerak.

Suriyadagi vaziyat

Tilersonning aytişiça, Moskva va Vaşington birlaşgan va barqaror, terrorçilar boşpana topa olmaydigan Suriyani qöllab-quvvatlaşlarini aytganlar. 

AQŞ davlat kotibining aytişiça, tomonlarning fikrlari mos tuşmayotgan mavzu Suriyada kimyoviy qurolning qöllanişi masalasi bölib turibdi.

"Ayonki, bu fikrlarimiz mos kelmaydigan mavzudir, çunki Rossiya obektiv tergov ötkazilişini talab qilmoqda", deb aytdi Tillerson.

Rossiyaga qarşi sanksiyalar

Tillersonning aytişiça, Ukraina sababli Rossiyaga qarşi kiritilgan sanksiyalar Lavrov bilan muhokama qilinmagan.  

"Biz sanksiyalar maqomini özgartiriş masalasini muhokama qilmadik", deb aytgan Tillerson.

Koreya yarim orolidagi vaziyat

Tillersonning ta'kidlaşiça, Rossiya va AQŞ Şimoliy Koreyani yadroviy qurolsizlantirişga rozilar.

Tillerson, şuningdek, AQŞ flotining Koreya yarimoroli yaqinida manyovrlar olib borayotganiga izoh berdi. Uning aytişiça, manyovrlar avvaldan rejalaştirilgan va heç qanday harbiy maqsadni közlamaydi. "AQŞ harbiy-dengiz kuçlarining zarba beruvçi guruhi, xususan Carl Vinson aviataşuvçi kemasi Tinç okeanida qolmoqda, uning Koreya yarimoroli yaqinida harakatlanişi harbiylarimiz tomonidan rejalaştirilgan. Ularda u yerda heç qanday muayyan maqsad yöq", deb aytgan AQŞ davlat kotibi.