Turkiya boş vaziri Binali Yildirim konstitutsiyaga tuzatiş kiritişga doir referendumda ovoz berdi va ovoz berişning har qanday natijasini qabul qilişga tayyorligini bildirdi. Bu haqida u öz ovozini bergan Izmir şahrida ma'lum qildi.

"Bugun Turkiyaning barça burçaklarida fuqarolar xotirjam ovoz berişmoqda. Keçqurun ovozlar hisoblanadi va birinçi natijalar ma'lum qilinadi. Natijalar qanday bölişiga qaramay, bu xalqimizning tanlovi böladi - uning eng yaxşi qarori mamlakat uçun muvaffaqiyatlidir", - dedi u. Yildirim mamlakat oliy rahbariyatining a'zolari orasida birinçilardan bölib  ovoz berdi. 

Birozdan söng Istanbulda Turkiya prezidenti Toyyib Erdöğan ovoz beradi. Parlament spikeri Ismoil Qahramon va muxolifat partiya raislari Anqaradagi saylov uçastkalarida ovoz berişadi. Turkiya fuqarolari rasmiy röyxatdan ötgan manzillari böyiça ovoz berişadi, şuning uçun hukumat a'zolarining har biri öz mintaqasidadir. Keçqurun byulletenlarni hisoblaş jarayonini kuzatiş uçun Anqaraga yetib borişadi.

Turkiyaning köplab maşhur kişilari ham ovoz beriş jarayonida qatnaşmoqda. Jumladan, qöşiçilar Ibrohim Tatlisas va Tarkan öz saylov uçastkalarida ovoz berişdi, Tatlisas barçani "öz fuqarolik burçini bajarib, ovoz berişda qatnaşiş"ga çaqirdi.