AQŞning Ohayo ştati Klivlend şahri politsiyasi Facebook ijtimoiy tarmoğida jonli efirda qotillik sodir etgan jinoyatçini qidirmoqda. Bu haqda şahar politsiya boşqarmasi vakillari xabar qilmoqda. 

Ma'lumotlarga köra, Stiv Stivens nomli erkak qidirilmoqda. Politsiyaning ta'kidlaşiça, u özi sodir etgan "qotilligini Facebook Live orqali namoyiş qilgan". Öldirilgan fuqaroning ismi oşkor qilinmagan. 

Associated Press agentligiga köra, Stivens tomonidan Facebook sahifasiga joylangan qotillik videosi 3 soatlar ötgaç, olib taşlangan. 

Politsiyaning ma'lum qilişiça, jinoyatçi, şuningdek, ijtimoiy tarmoq orqali "köplab qotilliklarni sodir etganini aytgan". Biroq, hozirça, bu tasdiqlanganiça yöq. 

Mahalliy hukumat vakillari, gumondorning taşqi körinişlarini e'lon qilib, Stivens juda xavfli ekani, qurollangan bölişi mumkinligini aytmoqda. 

Facebook kompaniya, öz navbatida, mazkur voqeaga izoh berdi. Facebook 16 aprel kuni tarqatilgan bayonotga köra, kompaniya uşbu voqelikni "dahşatli jinoyat", deb atagan.

"Bu dahşatli jinoyat va biz bu kabi lavhalarni Facebook tarmoğida joylaştirilişiga yöl qöymaymiz", - degan ijtimoiy tarmoq vakillari.