Tut daraxtining bargi ipak qurtining yagona oziği hisoblansa, uning mevalari şirin va töyimliligi hamda şifobaxşligi bilan inson salomatligi uçun nihoyatda bebahodir. Tut daraxti juda qadimiy köp yillik ösimlik bölib, tarixiy manbalarga köra 5000 yil ilgari Xitoyda tarqalgan. Asrlar davomida xalq seleksiyasi tamonidan Şotut, Balxi tut, Marvarid tut va boşqa köplab tut navlari yaratilib, hozirgi paytda ham östirilmoqda. 

Özbekiston tabiiy tolalar ilmiy tadqiqot instituti olimlari tut daraxti köçatlarini ekişning yangi usulini ixtiro qildilar. Mazkur usul qişloq xöjaligi, xususan pillaçilik, çunonçi tut daraxti köçatlarini ekişda foydalaniş uçun möljallangan. Olimlar oldidagi asosiy maqsad tut daraxti barglari ozuqa uçun kesilganidan keyin ularning töyimliligi va ozuqaviy sifatlarini oşiriş yöli bilan pilla hosildorligini oşirişdan iboratdir

Institut agronomlari 80 gramm uruğ qadadilar. 6 kundan söng pillalar jonlana boşlanadi. Bundan biliş mumkinki, pilalarni ozuqlantiriş uçun tut daraxti barglari zarur. Erta xosil beruvçi va pillalar uçun foydali xisoblangan tut barglari ozuq uçun şay.

Institutda bugungi kunda Jarariq 4 navli tut daraxti yetiştirilmoqda. Bu daraxt yilda 3 marotaba hosil beradi. Tadqiqotçilar yangi navli tut daraxtini parvariş qilmoqdalar. Ma'lumotlariga köra u yilda 4-5 marotaba hosil berişi mumkin.

Ma'lumot örnida aytiş kerak, 2016 yilda Farğona viloyatida 2630 tonna  pilla hosil olingan. Bu yilgi natijalar ham ötgan yilgidan köproq bölişi kutilmoqda. Sababi, bu yil köproq xosil olinuvçi tut daraxtlari yetiştirilmoqda. Qolaversa xorijlik mutaxassislarni bilan hamkorlik öz örnida natija bermoqda.    

Ozuqa bazasining mustahkamlanişi va kengayişi, pilla yetiştiriş majmualarining bevosita tutzorlar yaqinida barpo etilişi, 2 barobar köp hosil beradigan, ozuqa qiymati yuqori va sovuqqa çidamli tut köçatlarining olib kelinişi pilla yetiştiriş hajmlarini oşiriş hamda yuqori qöşimça qiymatga ega mahsulotlar, şu jumladan, şoyi gazlamalar va tayyor mahsulotlar işlab çiqarişga xizmat qiladi.