Toşkent şahri aholisi 18 aprel kuniga ötar keçasi soat 04:04da 2 balli zilzila kuçini sezişgan.

«Toşkent» seysmologi markazi ma'lumotiga köra zilzila epimarkazi Toşkentdan 507 km janubi-şarqiy nuqtada, Afğoniston hududidagi Hindikuş toğlarida joylaşgan bölib, zilzila kuçi 5,8 ball bölgan. Yer silkinişi kuçini Toşkentdan taşqari Namangan viloyatida ham sezişgan (2 balldan pastroq kuçli). Özbekistonning boşqa hududlarida zilzila kuçi sezilmagan.

Zilzila oqibatida jabrlanganlar borligi haqida ma'lumot yöq.

Özbekiston fanlar akademiyasining seysmologiya instituti 15 aprel kuni ham mamlakatning janubi-şarqida hamda Afğoniston şimolida kiçik zilzila qayd etgandi.

Ma'lumot uçun, oxirgi marta Özbekiston hududida zilzilalar ötgan yilning yanvarida kuzatilgandi.