AQŞ Geologiya xizmati (USGS) maʼlumotlariga köra, Panamada 7,6 magnitudali zilzila sodir böldi.
Yer silkinişlari juma kuni Grinviç vaqti bilan soat 17:56 da (Toşkent vaqti bilan 22:56) qayd etilgan. Zilzila epitsentri Pitalosa-Arriba aholi punktidan 10 km janubi-ğarbda, öçoği esa 33 km çuqurlikda joylaşgan.
Uşbu xabar tayyorlanayotgan paytda jabrlanganlar va vayronagarçiliklar haqida maʼlumot kelib tuşmadi.
Tinç okeani sunami haqida ogohlantiriş markazi (PTWC) Panama, Kolumbiya, Kosta-Rika, Ekvador hamda Markaziy Amerika va Tinç okeani havzasidagi boşqa mamlakatlar sohillarida xavfli sunami tölqinlari paydo bölişi ehtimolidan ogohlantirdi.

















