17 aprel kuni ertalab Toşkent şahar, Yunusobod tumanidagi Mega Planet savdo markazi yaqinida 60- va 72-avtobuslar töqnaşuvi qayd etildi. Bu haqida avtobuslarning birida bölgan guvoh Facebook'ning "Voditeli Taşkenta" guruhida ma'lum qildi.
Manbaga köra, yölovçi taşuvçi ikki avtobus haydovçisi bir-biri bilan "kim özar" öynagan va oxir-oqibat töqnaşuv yuz bergan. Natijada avtobuslarning deraza oynalari sinib, yölovçilar hayotiga xavf tuğdirgan.
Guvohning sözlariga köra, voqea natijasida jiddiy jabrlanganlar bölmagan. Şunday bölsa-da, avtobus saloni yölovçiga töla bölgan va bu odamlar orasida vahima kötarilişiga sabab bölgan. Avtobuslar töxtagaç, yölovçilar tuşib qolişgan.
Uşbu voqeaga munosabat bildirganlar talaygina, negaki bugunga kelib bunday holat, ya'ni avtobuslar "poyga"si oddiy holga aylanib bormoqda. Haydovçilarning bunday "bellaşuvlar"i esa insonlarning soğliği va hayotiga jiddiy xavf solmoqda.

Hozirgi ayrim haydovçilarning jamoat transportini şaxsiy avtomobilidek boşqarişi kişini ajablantiradi, bu katta mas'uliyat talab qiladi, axir. Ularning öylab-öylamay qilgan xatti-harakatlari nafaqat transport içidagi yölovçilar hayotini, balki yon-atrofdagi boşqa transport vositalaridagi kişilar hayotini ham xavf ostiga qöyişi haqida öylaşarmikan?! Bu öz nomi bilan JAMOAT TRANSPORTI!
Facebook foydalanuvçilari uşbu voqea va umuman haydovçilarning jamoat transportlarini boşqarişi yuzasidan tegişli mutasaddi taşkilotlarda çora körilişiga umid bildirib qolişgan.













