Intervaldan taşqari, bir vaqtning özida avtobuslarning ketma-ket bekatga yetib keliş holati ham kuzatilmoqda. Poytaxt transport boş boşqarmasi boşliği Mirakbar Ikromov buni Brutto şartnoma tizimi bilan boğladi. Uning aytişiça, transportlar belgilangan grafikdan çiqib ketmasligi uçun ketma-ket yuradi. “Bu körsatib turibdiki, bizda avtobusga bölgan ehtiyoj juda ham katta”, – deydi u. Bunday muammolarning oldini oliş uçun bu yil 240 ta yangi avtobus olib kelinişi aytildi.
12 mart kuni Toşkent şahar hokimiyati binosida ötgan matbuot anjumanida poytaxt transport boş boşqarmasi boşliği Mirakbar Ikromov avtobuslar bekatlarga keçikib kelayotganiga izoh berdi. Rasmiy vakil muammo borligini tan oldi.
“Toşkent şahrida hozirgi kunda 169 ta avtobus yönalişlari mavjud. Uşbu avtobus yönalişlarining örtaça intervali 10-15 daqiqani taşkil qiladi. Lekin xabaringiz bor, tirbandlik paytida bizda ma’lum bir vaqtda intervallarimiz 30 daqiqadan 40 – 45 daqiqaga yetişi kuzatilgan. Buning asosiy sabablari tirbandlik”, – deydi u.
Şuningdek, Ikromov tarmoqlarda köp e’tirozlarni keltirib çiqarayotgan yana bir masala – avtobuslarning ketma-ket bekatga yetib kelişiga ham töxtaldi.
“Endi bitta narsa bor-da, 169 ta yönalişimizning hammasi Brutto tizimi asosida faoliyat yuritadi. Brutto tizimi bilasizlar, har bir kilometr uçun har bir yönalişga ma’lum bir narxi belgilangan. Birinçi kelayotgan avtobusimizning vaqti bor, A nuqtadan B nuqtaga yetib borişi [kerak]. Ikkinçisining ham grafik böyiça yetib boriş vaqti bor. Şuning uçun bular grafikdan çiqib ketmasligi uçun ketma-ket yuradi”, – dedi boş boşqarma boşliği.
Ma’lumotlarga köra, transport tizimini rivojlantiriş uçun 2030 yilgaça konsepsiya qilingan. Unga köra, 169 ta yönaliş 280 taga yetkazilişi kerak.
“Örganiş natijasida ba’zi bir yönalişlarimizda oltita yoki bölmasa sakkizta avtobus bilan 15 daqiqalik intervalni uşlaşga harakat qilayotgan edik. Biz [endi] ikki tomondan keldik, ya’ni jamoat transportini köpaytiriş hisobiga hamda uning ustuvorligini beriş, jozibadorligini oşiriş maqsadida infratuzilmaviy muammolarni yeçiş masalasi ustida bir qator işlar amalga oşirilyapti. Töğri, hozirgi kunda endi oçilgan yangi taşkilot (Yöl harakatini taşkil etiş markazi) bölgani uçun işi balki körinmayotgandir. Lekin biz bilamiz, 2023 yilda prezidentimiz qarorlaridan keyin loyiha ofisi oçilgan hamda bizning qölimizda şahar makromodeli bor. Ya’ni har bir köçada yurayotgan avtotransport vositalarining soni, uning turlari, örtaça hisob-kitoblari bor.







