18 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining joriy yilning I çoragida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş yakunlariga va Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 14 yanvarida respublika Hukumati majlisida belgilab berilgan 2017 yilgi iqtisodiy dasturning ustuvor vazifalari bajarilişini sözsiz ta'minlaş böyiça qöşimça amaliy çora-tadbirlarni işlab çiqişga bağişlangan majlisi bölib ötdi. Bu haqda ÖzA xabar bergan.
Majlisda mamlakatni rivojlantirişning asosiy iqtisodiy körsatkiçlari, tarmoqlar va hududlarni yanada kompleks rivojlantiriş, iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilişni çuqurlaştiriş, işlab çiqariş korxonalari va mintaqalarning eksport salohiyatini rivojlantiriş, xususiy mulk va tadbirkorlikning roli va ahamiyatini kuçaytiriş, aholining daromadlari va turmuş darajasini yanada oşirişga qaratilgan dasturiy çoralar har tomonlama va mufassal körib çiqildi.
Majlisda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi tadbirlarini faol amalga oşiriş boşlangani, ularga muvofiq Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning, birinçi navbatda, davlat boşqaruvi tizimini yanada isloh qiliş, davlat xizmatlari sifatini oşiriş, aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga mikrokreditlar ajratiş tizimini soddalaştiriş va kengaytiriş, yöl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş, soğliqni saqlaş, ta'lim va sport tizimini takomillaştirişga yönaltirilgan 100 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingani qayd etildi.
«Xususiy mulkni işonçli himoya qilişni yanada ta'minlaş va davlatning iqtisodiyotdagi iştirokini qisqartiriş çora-tadbirlari amalga oşirilişi tadbirkorlik faoliyati faollaşişining sezilarli darajada ösişiga va joriy yilning birinçi çoragida kiçik biznesning 13,6 mingdan ortiq yoki 2016 yilning xuddi şu davridagiga qaraganda 64 foiz köp yangi sub'ektlari taşkil etilişiga kömaklaşdi. Kiçik biznes sub'ektlariga 4,6 trillion söm miqdorida kreditlar ajratildi, bu 2016 yilning birinçi çoragidagiga qaraganda 1,3 baravar köpdir», — deyilgan xabarda.
Faol investitsiya siyosati amalga oşirilişi natijasida mamlakat iqtisodiyotiga özlaştirilgan investitsiyalar hajmi 9,7 foizga, şu jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlar – 10,5 foizga ösdi.
Yil boşidan buyon 9ta yirik korxona, şuningdek, 4 mingdan ortiq işlab çiqariş obektlari foydalanişga topşirilgan. Yangidan taşkil etilgan «Urgut», «Ğijduvon», «Qöqon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari amalga oşirilmoqda.
Tarmoqlar va mintaqalarning eksport salohiyatini safarbar etiş yuzasidan körilayotgan çora-tadbirlar eksportga mahsulot yetkazib berişning ösişini va taşqi savdo aylanmasining ijobiy saldosini ta'minladi. Yil boşidan buyon ilgari öz mahsulotini eksport qilmagan 258ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb etildi, tovarlarning 117ta yangi turini eksport qiliş, şuningdek, 28ta yangi taşqi sotiş bozori özlaştirildi.
Majlisda Özbekiston boş vazirining örinbosarlari O.Ramatov, Ğ.Ibrohimov, R.Azimov, U.Röziqulov, T.Norboyevaning, vazirliklar, idoralar, xöjalik birlaşmalari rahbarlari va viloyatlar hokimlarining Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil 14 yanvarda Vazirlar Mahkamasi majlisida hamda joriy yilning yanvar-aprelida Qoraqalpoğiston Respublikasiga, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qaşqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlariga taşriflari davomida berilgan topşiriqlarni amalga oşiriş böyiça hisobotlari eşitildi.
Özbekiston Boş vazirining birinçi örinbosari A.Ramatovning, Davarxitektquriliş qömitasi raisi B.Zokirovning, «Özbekenergo» aksiyadorlik jamiyati raisi F.I.Salomovning, «Özqurilişmateriallari» aksiyadorlik jamiyati raisi B.K.Zaripovning, Toşkent viloyati hokimi Ş.X.Boboyevning e'tibori hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning tasdiqlangan örtaça muddatli dasturlarini, şu jumladan, yöl-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani, qişloq joylarda va şaharlarda arzon uylar qurişni jadallaştirişni sözsiz ta'minlaş böyiça çora-tadbirlar körişning zarurligiga qaratildi.
Eng avvalo, xorijiy investitsiyalar jalb etilgan investitsiya loyihalarining loyiha hujjatlarini öz vaqtida işlab çiqişni ta'minlaş, şuningdek, iqtisodiyotning yetakçi tarmoqlarida yirik strategik investitsiya loyihalari böyiça işlab çiqariş ob'ektlarini belgilangan muddatlarda sözsiz işga tuşiriş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari Ğ.Ibrohimovning, «Özbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi raisi A.S.Sultanovning, «Öztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi raisi E.R.Şoismatovning va «Özkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati raisi A.A.Abdullayevning hisobotlari eşitildi. Muhokamalar davomida mamlakat Prezidentining Turkmaniston, Qozoğiston va Rossiya Federatsiyasiga yaqindagi davlat taşriflari davomida yirik investitsiya loyihalarini amalga oşiriş böyiça imzolangan bitimlar va kontraktlarni öz vaqtida bajarişni ta'minlaşga doir qöşimça amaliy çora-tadbirlar işlab çiqildi.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi raisi A.K.Şarapovning e'tibori turizm sohasini rivojlantirişning yaxlit konsepsiyasini izçil amalga oşiriş, turizm industriyasi sub'yektlari faoliyati uçun qulay şart-şaroitlarni şakllantiriş, turizmni rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan barça tösiqlar va ğovlarni olib taşlaş, turizm xizmatlari bozorida raqobatni taşkil etişga yönaltirilgan dasturiy hujjatlar loyihalarini işlab çiqişni tezlaştiriş zarurligiga qaratildi.
Majlisda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini yanada kengaytiriş va safarbar qilişga yönaltirilgan çora-tadbirlarni amalda röyobga çiqarişni ta'minlaş yuzasidan Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari U.Röziqulovning, taşqi savdo vaziri E.M.Ğaniyevning, Jizzax va Buxoro viloyatlari hokimlari U.Y.Uzoqov va O‘.I.Barnoyevning, şuningdek, vazirliklar, idoralar, xöjalik birlaşmalari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlarining işi natijadorligi batafsil tahlil qilindi.
Mahsulotlarni eksportga yetkazib berişni köpaytirişni ta'minlaşda yöl qöyilgan kamçiliklar uçun «Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi raisi O.B.Rustamovga, «Özagrotexsanoatxolding» kompaniyasi raisi N.S.Otajonovga, şuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari yetiştirişga ixtisoslaşgan Oltinköl (Karimov), Buloqboşi (Maxsudov), Qörğontepa (Ergaşev), Xöjaobod (Ismailov), Buxoro (Esonov), Vobkent (Javodov), Baxmal (Safarov), Sariosiyo (Jörayev), Sirdaryo (Nazarov) va Quva (Rahmonov) tumanlari hokimlariga şaxsiy baho berildi.
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari U.Röziqulovga, taşqi savdo vaziri E.M.Ğaniyevga, «Özbekoziqovqatxolding» kompaniyasi raisi O.B.Rustamovga, «Özagroeksport» kompaniyasi raisi J.A.Xolmuxamedovga, barça darajalardagi hokimliklarga logistikaning zamonaviy tizimini rivojlantirişni jadallaştiriş, yangi va qayta işlangan meva-sabzavot mahsulotlarini, şu jumladan, Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasi ötkazilişi davomida tuzilgan şartnomalar doirasida eksportga yetkazib berişning kafolatlangan hajmlarini ta'minlaş yuzasidan tizimli çora-tadbirlar köriş topşirildi.
Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari – Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi raisi T.Norboyeva, «Mahalla» xayriya jamoat fondi boşqaruvi raisi Ş.S.Javlonov hamda mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari oldiga oilalarda, xotin-qizlar va yoşlar örtasida ularni har xil halokatli tahdidlardan, yot diniy va ekstremistik ta'sirlardan himoya qiliş, şuningdek, xotin-qizlarning, şu jumladan, tadbirkorlik sohasida oqilona maşğul bölişini ta'minlaş maqsadida ma'naviy-axloqiy va tarğibot işlarini kuçaytiriş yuzasidan aniq vazifalar qöyildi.
Majlisda 2017 yilga möljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalarini hamda tarmoqlar va hududlarni rivojlantirişning tasdiqlangan maqsadli parametrlarini muvaffaqiyatli bajariş uçun Özbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topşiriqlari samarali va natijali ijro etilişi, şuningdek, ijro intizomi mustahkamlanişi uçun rahbarlar va mansabdor şaxslarning şaxsiy javobgarligini oşiriş böyiça mamlakat Prezidentining joriy yil 11 apreldagi qarori talablari amalda röyobga çiqarilişini ta'minlaş zarurligi qayd etildi.
Respublika Hukumatining majlisiga kiritilgan masalalarni muhokama qiliş yakunlari böyiça 2017 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişning eng muhim yönalişlari va ustuvor vazifalari amalga oşirilişini sözsiz ta'minlaş yuzasidan mavjud zaxiralarni safarbar etiş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilangan tegişli qarorlar qabul qilindi.











