Unda Senatning ellik birinçi yalpi majlisini 2024 yil 30 mart kuni çaqiriş töğrisida qaror qabul qilindi.
Ta’kidlanganidek, video-konferens-aloqa tizimidan foydalangan holda ötkaziladigan yalpi majlisda qator masalalarni muhokama qiliş nazarda tutilgan.
“Telekommunikatsiyalar töğrisida”gi, “Ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlaşga, sudlar faoliyati haqida jamoatçilikni xabardor qilişga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi, “Ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonunlar şular jumlasidandir.
Şuningdek, yalpi majlis kun tartibida “Jinoiy daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça Yevrosiyo guruhi töğrisidagi Bitimga hamda Jinoiy daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça Yevrosiyo guruhi budjetini şakllantiriş va ijro etiş tartibi töğrisidagi nizomga özgartirişlar kiritiş haqidagi bayonnomani (Toşkent, 2022 yil 1 iyun) ratifikatsiya qiliş töğrisida”gi qonun ham örin olgan.
Senatorlar “Xalqaro mehnat taşkilotining Işlayotgan erkaklar va ayollar uçun teng munosabatlar va teng imkoniyatlar: oilaviy majburiyatlarga ega xodimlar töğrisidagi 156-sonli konvensiyasini (Jyeneva, 1981 yil 23 iyun) ratifikatsiya qiliş haqida”gi qonunni ham körib çiqadi.
Bundan taşqari, senatorlar tomonidan Oliy Majlis Inson huquqlari böyiça vakilining (ombudsmanning) 2023 yildagi faoliyati töğrisidagi hisoboti eşitiladi.
Yalpi majlisda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning sifat tarkibini yaxşilaş, ösimlik va hayvonot dunyosini asraş hamda kadastrini yuritiş holati yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuboriş masalasi muhokama qilinişi ham rejalaştirilmoqda.
Şu bilan birga, senatorlar Senat kengaşining bir qator qarorlarini tasdiqlaş masalasini ham körib çiqadi.











