Özbekistonda ona va bola salomatligi, kelajak avlod haqida qayğuriş, şu maqsadda homilador ayollar uçun ham qulay şaroitlar barpo qiliş davlat siyosatiga kötarilgan. Bu borada qator qaror va farmonlar qabul qilinmoqda. Bir neça yillar aynan Ona va bola bilan boğliq ravişda nomlandi. Bir neça oy muqaddam, homilador ayollar va 3 yoşgaça bölgan bolalarga davlat tomonidan bepul vitaminlar taqdim etişga qaror qilingani ham fikrimiz isbotidir. 

Biroq, jamiyatimizda közga taşlanadigan ayrim holatlar mazkur qilinayotgan işlarga soya taşlab turadi, desak mubolağa bölmaydi. Bunda, bevosita soha xodimlariga boğliq bölmagan jihatlar ham talaygina. Xususan, Toşkent şahridagi Çilonzor tumani 7-sonli tuğuruq kompleksi köplab oilalarning quvonçli onlariga guvoh bölgani aniq. Ammo, uşbu maskanga olib keluvçi yagona yöl açinarli ahvolda ekani, uning Lutfiy köçasi tomondan va Qatortol savdo markazi tomondan kirib kelişda homilador ayollar va tuğilajak farzand hayotiga xavf soladigan darajada önqir-çönqir bölib ketganini qanday izohlaş mumkin? 

Kun.uz tahririyatiga öquvçilarimizdan biri yöllagan videolavhada yölning holati aks etgan. Muallifning izoh berişiça, mazkur tuğuruq kompleksiga, asosan, homilasi tuşib qoliş xavfi bölgan homilador ayollar davolaniş uçun yuboriladi. Şu örinda, yana bir savol tuğiladi: homilasidan ajrab qolmaslik va yoxud bir norasidani, eng asosiysi, Özbekistonning bölajak fuqarosi, vatandoşimizni dunyoga keltiriş umidida şifoxonaga yöl olgan ayol şörlik, bu yerga yetib kelmasidanoq, yölning özida oğir sinovga duçor bölib turişini qanday söz bilan izohlaş mumkin? Bu yölda harakatlanib kelayotgan eng yumşoq transport vositasi ham agar uçar avtomobil bölmasa, homilador ayol ahvolini yomonlaştirsa, yomonlaştiradiki, aslo buning aksi haqida öylaş xomxayoldir. 

Javobsiz qolayotgan savollar yangi savollarni paydo qiladi. Nahotki, uşbu tuman hokimiyati yoki yöl xizmati idoralari, yo bölmasa huquq-tartibot idoralarida işlovçi biror xodim mazkur köçadan ötmagan yoki mutasaddi taşkilot vakillari şu yölning ahvolidan xabarsiz bölsa? Nahotki, uşbu tuğruq kompleksida işlovçi şifokorlar, rahbarlar mazkur yöl ahvoli yuzasidan mas'ul idoralarga murojaat qilmagan? Yoxud, bevosita şu hududga tutaş turarjoylarda istiqomat qiluvçi fuqarolar, mahalla oqsoqollari ham şunçalik bee'tibormikin? “Sen menga tegma, men senga tegmayin” illatidan, ta'bir joiz bölsa, Vatan ravnaqiga bölgan eng katta tösiqdan qaçon qutilamiz?...

Nima ham derdik, Kun.uz tahririyati mazkur muammo yuzasidan mutasaddi taşkilotlar idoralari holatni joyida örganib, ijobiy hal qiladi, degan işonç bildiradi. Öylaymizki, yaqin orada, biz uşbu kompleksga boradigan yölning töliq kapital ta'mirlangani haqida xabar beramiz.