«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Budapeştda Vengriyaning MOL Group va Özbekistonning SHB ROAD INVEST kompaniyalari vakillari uşbu loyihani muhokama qildi. Uçraşuv Özbekiston elçixonasi kömagida taşkil etildi.
Muzokaralarda rezina bilan modifikatsiyalangan bitum - RMB işlab çiqariş texnologiyasini Özbekistonga olib kiriş masalasi körib çiqildi. Bu texnologiya eskirgan avtomobil şinalarini qayta işlab, ulardan olingan rezina uvoqlarini yöl bitumiga qöşişni nazarda tutadi.
Şu tariqa, foydalanişdan çiqqan şinalar yöl qurilişi materiallarini tayyorlaşda qöşimça xomaşyo sifatida işlatilişi mumkin.
Uçraşuv yakunida kompaniyalar hamkorlik memorandumini imzoladi. Hujjat texnologiyani Özbekistonda joriy etiş masalasini birgalikda batafsil işlab çiqişni közda tutadi. Loyihaga Özbekiston tomonidan hamkor sifatida SHB ROAD INVEST kompaniyasi jalb etilgan.
Taşabbus amalga oşirilsa, mamlakatda zamonaviy yöl qurilişi materiallarini işlab çiqariş va eski şinalarni qayta işlaş hajmini kengaytiriş imkoni paydo böladi. Şuningdek, ikki mamlakat korxonalari örtasidagi texnologik hamkorlikni mustahkamlaş kutilmoqda.
Özbekiston elçixonasi erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş böyiça keyingi qadamlarni işlab çiqişga kömaklaşişini bildirgan.












