Toshkent shahrining Chilonzor, Yashnobod va Yangihayot tumanlari hokimlari boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Chilonzor tumani
Saidqahhor Xolxoʻjayev Chilonzor tumani hokimi lavozimini tark etgan. U Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari lavozimini egallashi kutilmoqda.

Xolxoʻjayev muqaddam Markaziy bank raisi oʻrinbosari va Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan. 2022-yil avgustida Chilonzor tumani hokimi etib tayinlangandi.
Yangihayot tumani
Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogʻomov ham lavozimidan ozod etilgan. U endi Xolxoʻjayev oʻrniga Chilonzor tumaniga hokim boʻlib kelishi kutilmoqda.

U muqaddam Toshkent shahri hokimi oʻrinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlagan, 2020-yil noyabridan buyon Yashnobod tumaniga hokimlik qilayotgandi.
Inogʻomov oʻrniga Lazizbek Poʻlatovich Temirov Yangihayot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Lazizbek Temirov 1989-yil Fargʻona viloyati Fargʻona tumanida tugʻilgan. 2012-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2021-yilda esa mazkur universitet magistraturasini tamomlagan.
















