Milliy matbuot markazida “Özvinosanoatxolding” xolding kompaniyasi matbuot anjumani  ötkazdi, deb xabar bermoqda ÖzA.

Özbekistonda 2016 yilda 1,7 million tonna hosil olingan bölsa, joriy yilda 1,9 million tonna uzum yetiştiriş möljallanmoqda.

 – Tizimdagi oltmişdan ortiq korxona fermer xöjaliklarida yetiştirilgan uzumni qayta işlaş bilan birga sanoatbop navli tokzorlar barpo etilmoqda, – deydi “Özvinosanoatxolding” xolding kompaniyasining boşqarma boşliği örinbosari Adiba Ahmadjonova. – 2014 yilda 2 ming gektar tokzor taşkil qilingan bölsa, bugungi kunda uşbu maydonlar 2 baravar ortdi. Joriy  yilda yana 1 ming 400 gektarda tokzor barpo etiladi.
                                                            
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi Respublikada uzum yetiştiruvçi fermer xöjaliklarini birlaştiriş, tokzorlar samaradorligini oşiriş, ilğor agrotexnologiyalarni joriy etiş, eksport va qayta işlaş xajmlarini köpaytiriş uçun uzumçilikka ixtisoslaşgan agrofirmalar taşkil etiş töğrisidagi qarori ijrosi doirasida uzumçilikka ixtisoslaşgan qirq ikkita agrofirma faoliyat körsatmoqda. 

Agrofirmalar fermerlarga hosilni  sifatli saqlaşda kömaklaşmoqda.  Buning uçun agrofirmalarda muzlatgiç kameralari va jihozlangan omborlar mavjud. Agrofirmalar özlariga biriktirilgan tumanlardagi fermer xöjaliklarida agrotexnik tadbirlarni öz muddatlarida ötkaziş maqsadida qişloq xöjalik texnikasi xarid qilişni köpaytirmoqda. Hozirgaça  joriy yilgi uzum hosili uçun 30 foiz bönak puli tölab berildi.