2026-yilning ötgan davri mobaynida Özbekiston Raqobat qömitasi va uning hududiy boşqarmalariga elektron tijorat sohasi bilan boğliq 1 230 ta murojaat kelib tuşgan.

Qömita xabariga köra, murojaatlarning:

  • 704 tasi (57,2 foiz) isteʼmolçi foydasiga hal etilib, huquqlari töliq tiklangan;

  • 453 tasi (36,8 foiz) böyiça tegişli huquqiy tuşuntirişlar berilgan;

  • 33 tasi (2,7 foiz) esa tegişliligiga köra, boşqa vakolatli organlarga yönaltirilgan.

Murojaatlarning asosiy qismi yirik elektron savdo platformalari va muddatli tölov xizmatlariga töğri keladi:

  • Uzum Market - 446 ta (36,2%),

  • Uzum Nasiya - 184 ta (14,9%),

  • Alif Shop - 92 ta (7,5%),

  • Ishonch dökonlar tarmoği - 69 ta (5,6%),

  • Yandex xizmatlari - 63 ta (5,1%).

Uzum kompaniyasi Raqobat qömitasining bu axborotiga munosabat bildirdi. Kompaniya, avvalo, 36 foiz – Uzum Market xaridorlarining norozi qismi emas, balki Raqobat qömitasiga elektron savdo böyiça kelib tuşgan jami murojaatlar orasida Uzum Market'ning uluşi ekanini taʼkidlagan.

Uzum'ning 2025-yil yakunlari böyiça eʼlon qilingan maʼlumotlariga köra, kompaniyaning elektron savdo xizmatlarida buyurtmalar soni 34 milliondan oşgan. Şu nuqtayi nazardan, qömitaga kelib tuşgan murojaatlar buyurtmalar umumiy sonining mingdan bir foizlarini taşkil etadi.

Qömita maʼlumotiga köra, 704 ta murojaat böyiça isteʼmolçilar huquqlari tiklangan. Şu bilan birga, yuzaga keladigan masalalarning katta qismi marketpleysning qöllab-quvvatlaş xizmati orqali hal etiladi.

Uzum'da, şuningdek, elektron savdoda şaffof qoidalarni rivojlantiriş böyiça Qömita faoliyatini qöllab-quvvatlaşlarini taʼkidlaşdi. Kompaniyada qayd etilişiça, xaridorlarning fikr-mulohazalari – takomillaştiriş talab etiladigan jarayonlarni aniqlaşga yordam beradi.

Bugungi kunda Uzum Market tarmoği mamlakatning 700 dan ortiq aholi punktida 2 000 dan ziyod buyurtma topşiriş punktlarini qamrab olgan. Platformadagi tovar pozitsiyalari soni esa 200 milliondan oşadi.