Qöşma taşabbus "Yaxşilik Airdropi (Airdrop of Hope)" deb nomlandi. Airdrop - PUBG MOBILE’ning eng taniqli elementlaridan biri. Öyinçilar uçun u har doim uzoq kutilgan qöllab-quvvatlaşni anglatgan: kerakli anjomlar bilan ta’minlangan qimmatli yuk aynan eng zarur paytda paydo böladi. Hamkorlar bu ğoyani hayotga tatbiq etdi. Bu safar Yaxşilik Airdropi (Airdrop of Hope) öyin resurslari emas, balki umid va bolalar yangi öquv yilini işonç bilan boşlaşlari uçun zarur bölgan barça narsalarni olib keladi.

Loyihaning asosiy maqsadi - hatto oddiy öyinda iştirok etiş ham katta xayrli işning bir qismiga aylanişi mumkinligini körsatişdir. Har bir öyin onini haqiqiy yordamga aylantiriş mumkin, toki 1 sentyabrga qadar heç bir bola zarur maktab qurollarisiz qolmasin. Zero, hamjamiyat qudrati virtual olamdan taşqarida ham odamlar hayotini özgartirişga qodir.

PUBG MOBILE’dagi maxsus öyin tadbiri davomida öyinçilar faolligi Uzum va PUBG MOBILE tomonidan töliq moliyalaştiriladigan yangi yordam hajmlarini oçib beradi. Hamjamiyat tadbirda qançalik faol iştirok etsa, bolalarga şunça köp maktab töplami topşiriladi. Bunda öyinçilarning özlaridan heç qanday pul mablaği talab etilmaydi.

Har bir brendlangan maktab töplami ryukzak va öqiş uçun zarur bölgan jihozlar töplamini öz içiga oladi: daftarlar, qalamdon, rangli qalamlar, ruçka, stikerlar va termokrujka. Töplamlar mamlakatning turli hududlaridagi bolalarga topşiriladi, ularning taqsimoti bilan esa Ona jamoat fondi şuğullanadi.

"Biz har kim yordam bera olişini körsatmoqçimiz - ba’zan buning uçun smartfon ekranida bir neça marta bosişning özi kifoya. PUBG MOBILE bilan birgalikda biz yangi öquv yili boşlanişiga qadar 5000 nafar bola öqiş uçun zarur bölgan barça narsalarni olişi uçun texnologiyalar, hamjamiyat kuçi va boşqalarga yordam beriş istagini birlaştiramiz", - dedi Uzum kompaniyasining taşqi kommunikatsiyalar va ESG loyihalari böyiça direktori Mariya Skorik.

PUBG MOBILE’da ta’kidlaşiça, öyin hamjamiyati ança vaqtdan beri odamlarni nafaqat köngiloçar maşğulotlar, balki muhim ijtimoiy taşabbuslar atrofida ham birlaştirib kelmoqda.

"Biz öyinçilarimizning faolligini jamiyatga foyda keltiradigan haqiqiy kuçga aylantiriş imkoniyatidan çin dildan mamnunmiz. Aksiyada har kim iştirok etişi mumkin va öyin hamjamiyati qançalik faol bölsa, Uzum va PUBG MOBILE qöllab-quvvatlaşga muhtoj bolalarga şunçalik köp maktab töplamlarini taqdim etadi", - dedi PUBG MOBILE naşriyot işlari böyiça mintaqaviy direktori Xunda Lu.

Ona fondining ta’kidlaşiça, bolani maktabga tayyorlaş köplab oilalar uçun jiddiy moliyaviy yuk bölib qolmoqda.