Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam ikki davlatlar örtasida diplomatik aloqalar örnatilganligining 20 yilligi munosabati bilan özaro tabrik maktublari bilan almaşişdi.

Özbekiston Prezidenti öz maktubida şuni mamnuniyat bilan qayd etdiki, ötgan vaqt mobaynida “uzoq muddatli va keng qamrovli hamkorlik örnatişda” közga körinarli natijalarga erişildi, “siyosiy muloqot, jumladan xalqaro taşkilotlar doirasidagi munosabatlar, savdo-iqtisodiy va investitsion, madaniy-gumanitar aloqalar rivojlanmoqda”.

Singapur kompaniyalarining Özbekistonda yuqori texnologiyali işlab çiqarişni taşkil qilib, mamlakatimizni modernizatsiya qiliş va texnologik jihatdan yangilaşga öz hissasini qöşgan holda samarali faoliyat olib borayotgani yuqori bahoga loyiqdir. Bugungi kunda Özbekiston iqtisodiyotining turli jabhalari uçun yuqori malakali kadrlarni tayyorlab berayotgan Toşkentdagi Singapur menejmentni rivojlantiriş instituti ham muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda.

Singapur Prezidentining maktubida “Singapur va Özbekiston sönggi 20 yil davomida birgalikda ham ikki tomonlama şaklda, ham xalqaro maydonda samarali hamkorlik olib borayotgani, – ta'kidlangan. – Mamlakatlarimizning taşqi işlar vazirliklari doimiy asosda siyosiy maslahatlaşuvlarni ötkazib kelişmoqda. Singapur oliy öquv yurtlari va kompaniyalari Özbekistonda faoliyat yuritmoqda. Uzluksiz siyosiy va iqtisodiy almaşinuvlar Özbekiston va Singapur örtasidagi döstona munosabatlar va yaqin hamkorlikning yaxşi belgisidir”.

“Xalqlarimiz farovonligi yölida Singapur va Özbekiston örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlaş uçun Siz bilan birgalikda işlaş imkoniyatini muştoq bölib kutyapman”, - deyiladi Prezident Toni Tan Keng Yam maktubida.