Ötgan hafta yakuni voqealarga boy böldi. Futbol olamining eng maşhur qarama-qarşiligi, eng tomoşabop öyinlardan biri «El-klasiko»ning bu mavsumdagi sönggi namoyiş ötkazildi. Bundan taşqari Angliyada kubok ğolibligi uçun kuraşadigan jamoalar nomi ma'lum böldi. Şu va uik-endning boşqa yorqin lahzalarini Tribuna.Uz yodga olib ötadi.

«Qirol kim, deb boşqa söramang»

Ispaniya çempionatining 33-turidan keyin matbuot anjumanida qatnaşgan Luis Enrike xuddi şu sözlarni işlatdi. «Santyago Bernabeu»da keçgan bu mavsumdagi sönggi el-klasikoda «Barselona» Lionel Messining dubli evaziga sönggi daqiqalarda ğalabani ilib ketdi va çempionatda peşqadam bölib oldi. Leoning ikkinçi goli «Barselona» tarkibida urilgan 500-gol böldi. Şuningdek, Messi «El-klasiko»ning La-ligadagi töqnaşuvlarida ham yaqqol töpurar bölib oldi. Şuningdek «Real» «Bernabeu»da kuzatilmagan eng yomon natijasini qayd etdi.

Köpçilikning fikriga köra, sönggi yillarning eng qiziqarli «klasiko»sida yana bir bezak darvozabonlarning harakatida böldi. Ayniqsa «Barselona» darvozaboni Mark Andre Ter Ştegenning öyini bu keçaning haqiqiy qahramonliklaridan biri böldi.

Şuningdek La-ligada bu turda yana bir Madrid-Kataloniya qarama-qarşiligi kuzatildi va unda Madrid jamoasining qöli baland keldi. «Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmann uçraşuvda özining çempionatdagi 100-golini kiritişga muvaffaq böldi.

Kubok finalida London derbisi

Angliyada bu haftada asosiy e'tibor kubok yarim finallariga qaratildi. Britaniya afsonasi «Uembli»da ötgan uçraşuvlarda London jamoalarining qöli baland keldi. 

Avvaliga «Çelsi» «Tottenhem»ga qarşi maydonga tuşib işonçli ğalabani qölga kiritdi. Yakşanba kuni esa «Arsenal» yarim finalning yagona boşqa şahar jamoasi «Siti» bilan kuç sinaşib qöşimça daqiqalarda kiritilgan gol evaziga ğalaba qozondi. Bu natija orqali «Arsenal» özining kuboklar tarixidagi rekordini yangiladi.

Çempionatda esa «Mançester Yunayted»ning Ibrahimoviçsiz ğalabasini va «Liverpul»ning autsayderlarga qarşi uçraşuvlardagi navbatdagi muvaffaqiyatsizligini e'tirof etişimiz mumkin. E'tiborli tomoni, Big Sam boşçiligidagi «Kristal Pelas» «Arsenal», «Çelsi» kabi grandlar ustidan ğalaba yoniga endi «Liverpul»dagi ğalabani ham qöşib qöydi.

Işdan çiqqan nemis maşinasi

Çempionlar ligasi bilan xayrlaşgan «Bavariya»ning muvaffaqiyatsiz öyini çempionatda ham davom etdi. Karlo Ançelotti şogirdlari bu safar öz uyida «Maynts»ga qarşi sönggi daqiqalarda kiritilgan töp evaziga durangga erişa oldi, xolos. Myunxenliklar baxtiga bu turda «Leyptsig» ham «Şalke» uyida oçko yöqotdi.

Qiziq tomoni kuçli uçlikning sönggi jamoasi «Hoffenhaym» ham bu turda oçko yöqotdi. Bundan esa «Borussiya» Dortmund unumli foydalanib qoldi. Myongxengladbaxdagi ğalaba jamoani 3-öringa qaytardi.

Skudettoga bir qadam

Italiyada hammasi hal bölgan. Faqat rasmiyatçiligi qolgan navbatdagi çempionlikni «Yuventus» nişonlaş arafasida turibdi. Bu turda jamoa «Jyenoa»ni mağlubiyatga uçratib «Roma» bilan oraliq farqni 11tagaça oşirdi.

Markaziy uçraşuvda «Fiorentina» va «Inter» özaro röbaro‘ kelişdi va öyinda jami 9ta gol kiritildi. «Milan» esa kutilmaganda autsayderga yutqazib qöydi.

Barqaror «Monako»

Yevropa çempionlar ligasi yarim finaliga qadar yetib borgan «Monako» Fransiya çempionatida ham munosib qatnaşmoqda. Bu safar Jardim şogirdlari Yevropa Ligasi yarim finalçisi «Lion» uyiga taşrif buyurib, ğalaba qozondi. Bu jamoaning çempionatdagi ketma-ket 7-ğalabasi böldi. «PSJ» ham asosiy raqibidan qolişmagan holda ğalabani qölga kiritdi. Bitta köp uçraşuv ötkazgan parijliklar «Monako» bilan bir xilda oçko töplab turibdi.

Şuningdek bu haftada boşqa bir qator muhim voqealar kuzatildi. Angliyada Ngolo Kante mavsumning eng yaxşi futbolçisi deb topildi, Dele Alli yana bir bor eng yaxşi yoş kim ekanini körsatdi. «Zenit» mojaroli stadionda özining ilk uçraşuvini ötkazdi va bu uçraşuv ham stadionga yaraşa mojarolarga boy böldi. «Spartak» mağlubiyatga uçradi. Gretsiyada esa «Olimpiakos» ketma-ket yetiinçi mavsum çempionlik unvonini qölga kiritdi.