Muxlislar 2008-yilgi Kriştianu Ronalduni tarixdagi eng buyuk «Oltin töp» sohibi deb hisoblaşmoqda.

Mukofotning 70 yilligi munosabati bilan taşkilotçilar saytda sörovnoma ötkazib, muxlislarga B.O.A.T. (Ballon D’or Of All Time – «Barça davrlarning Oltin töpi») tanlaşni taklif qilişdi.

Nomzodlar qatoriga anʼanaviy «Oltin töp» bilan kamida ikki marta taqdirlangan futbolçilar kiritildi: Lionel Messi, Kriştianu Ronaldu, Ronaldo, Marko van Basten, Mişel Platini, Karl-Hayns Rummenigge, Kevin Kigan, Frans Bekkenbauer, Yohan Kroyff va Alfredo Di Stefano.

Ovoz beriş uçun 1 yevro tölaş talab etilardi. Şu bilan birga, foydalanuvçilar öz nomzodiga çeklanmagan miqdorda ovoz berişi mumkin edi.

Yakuniy öntalikdan quyidagilar joy oldi:

  • 1. Kriştianu Ronaldu (2008).

  • 2. Lionel Messi (2012).

  • 3. Kriştianu Ronaldu (2017).

  • 4. Lionel Messi (2023).

  • 5. Kriştianu Ronaldu (2016).

  • 6. Kriştianu Ronaldu (2014).

  • 7. Lionel Messi (2015).

  • 8. Kriştianu Ronaldu (2013).

  • 9. Lionel Messi (2011).

  • 10. Lionel Messi (2009).

Qolgan futbolçilar orasida eng yuqori natijani Ronaldo-2002 qayd etdi – u 13-poğonani egalladi.