AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko bilan telefon orqali muloqot ötkazib, Amerikaning Rossiyaga qarşi sanksiyalari öz kuçida qolişini ta'kidladi. Bu haqda davlat departamenti rasmiy vakili v.b. Mark Toner ma'lum qildi.

"Davlat kotibi Tillerson AQŞ Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini e'tirof etişini ta'kidlab, Rossiya Qrim yarim orolini Ukrainaga qaytarmasa va Minsk kelişuvlari böyiça öz majburiyatlarini töliq bajarmasa, sakntsiyalar öz kuçida qolişini tasdiqladi", — degan Toner.

"Davlat kotibi bugun Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko bilan telefon orqali suhbatida yaqinda Moskvaga amalga oşirgan safarini muhokama qildi. U Rossiyaning Şarqiy Ukrainadagi harakatlari ikki mamlakat munosabatlarini yaxşilaşga tösiq bölayotganini Moskva ma'muriyatiga bildirganini ma'lum qildi. Davlat kotibi, şuningdek, Ukraina islohotlar ötkaziş va korrupsiyaga qarşi kuraşişda sezilarli natijalarga erişişi muhimligini aytdi", — deyiladi Toner bayonotida.