Turkiya xalqaro hamjamiyatni Suriyaga gumanitar yordam beriş böyiça majburiyatlarini bajarmaslikda aybladi. Turkiya boş vaziri örinbosari Vaysi Kaynak 3 mln dan köproq suriyalik qoçqinni qabul qilgan Turkiya "yolğizlatib qöyilganini" aytdi.   

Kaynak Yaman böyiça gumanitar anjumandagi nutqida Turkiya ayni vaqtda 3 mln dan köproq suriyalikni qabul qilganini ma'lum qildi. 

"Bizni Turkiyaning yolğizlatib qöyilgani ranjitmoqda. Suriya borasida berilgan va'dalar bajarilmadi. Suriyaga beriladigan yordamga zarur hissa amalga oşirilmagan", deb aytdi Kaynak.

Suriyadagi qurolli ixtilof 2011 yil martidan beri davom etmoqda. BMT ma'lumotlariga köra, ixtilof davomida 220 mingdan köproq odam halok bölgan. Suriya bilan qöşni davlatlar gardaniga qoçqinlarni qabul qiliş va saqlaş böyiça asosiy yuk tuşmoqda. BMT rasmiy ma'lumotlariga köra, Iordaniya 630 ming suriyalikni qabul qilgan. Biroq Iordaniya hukumati 1,4 mln suriyalikni qabul qilganini ta'kidlamoqda. Turkiya esa 2,8 mln suriyalikni qabul qilgan. Suriyaliklarni şuningdek Livan, Iroq va Misr ham qabul qilmoqda.