Davlat töntarişiga uriniş böyiça gumonlanuvçilarni ta'qib etiş Turkiya hukumati huquqidir, biroq u qonun doirasida amalga oşişi kerak. Bu haqda NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg payşanba kuni ma'lum qildi.
"Turkiya özini himoya qiliş va muvaffaqiyatsiz davlat töntarişiga uriniş ortida turganlarni qonun doirasida ta'qib etiş huquqiga ega", - deya aytib ötgan u Yevropa ittifoqining 28 a'zo davlati mudofaa vazirlarining Vallettadagi norasmiy uçraşuvida.
Şu bilan birga, NATO boş kotibining ta'kidlaşiça, turk hukumati tomonidan ötkazilayotgan suriştiruv qonun doirasida bölişi lozim.
Turkiya hukumati muxolifat vakili Fathulloh Gulen bilan aloqadorlik böyiça olib borilayotgan suriştiruv jarayonida yana 9,1 ming politsiya xodimini xizmatdan çetlatdi. Anqara Gulenni davlat töntarişiga urinişga aloqadorlikda ayblamoqda, deya xabar berdi kuni keça CNN Turk telekanali.
Keça esa mamlakatning 72 viloyatida ötkazilgan keng kölamli amaliyot vaqtida Gulenning mingga yaqin tarafdorlari qölga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Amaliyotda hammasi bölib 8,5 ming politsiyaçi iştirok etgan.
Eslatib ötamiz, Turkiyada davlat töntarişiga urinişdan söng taxminan 32 ming kişi hibsga olindi, 100 mingga yaqin davlat xizmatçisi işdan böşatildi yoki undan çetlatildi.












