Porsche kompaniyasi Air France aviakompaniyasi bilan birgalikda seriyali avtomobillar uçun jahon rekordini örnatişga ahd qilişdi va buni amalga oşirib, öz nomlarini Ginness rekordlar kitobiga kiritib qöyişdi.  

Gap şundaki, standart komplektatsiyadagi Porsche Cayenne krossoveri 285 tonnalik samolyotni şatakka ololdi.

Nemis kompaniyasi matbuot-xizmatida rekordni örnatiş uçun standart Porsche Cayenne maşinasi qöllangani ma'lum qilindi. Kompaniya tom ma'noda "buni sizning krossoveringizni ham qila oladi, biroq ba'zi ehtiyot çoralariga amal qilingan holda" deb aytmoqda. Farkop (şatakka oliş qurilmasi) ham standart bölgan, biroq uning uçun mahsus mahkamlagiç tayyorlangan.


kolesa.ru

Yangi rekord Parijdagi Şarl-de-Goll aeroportida örnatildi. Şatakka oluvçi sifatida 385 ot kuçiga ega Cayenne S Diesel modeli çiqdi va u 285 tonnalik Airbus A380 samolyotini şatakka olib, torta oldi. Xuddi şu tryuk 570 ot kuçiga ega  Porsche Cayenne Turbo S modeli bilan ham takrorlandi.

Rekordning örnatilişida iştirok etganlar samolyot va krossoverning ölçamlaridagi hayratlanarli farqni qayd qilişdi: samolyotning uzunligi 73 metrni, avtomobilniki esa 4,8 metrni taşkil qilgan.  

kolesa.ru
kolesa.ru
kolesa.ru