Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ rahbari Donald Trampning telefon muloqoti taxminan 30 daqiqa davom etdi, deb xabar bermoqda Wall Street Journal gazetasi öz nomini oşkor etmagan amerikalik amaldorga asosan.

Putin va Tramp telefon orqali seşanba kuni keçqurun suhbat qurişgan. Uning davomida RF va AQŞ rahbarlarining Hamburg şahrida şu yilning 7-8 iyul kunlari bölib ötadigan G20 yiğilişi vaqtida şaxsan uçraşişi masalasi ham muhokama qilingan.

"Telefon muloqoti taxminan 30 daqiqa davom etdi, u Putin taşabbusi bilan ötkazildi", - deya yozadi naşr amaldorga asosan. Ta'kidlanişiça, suhbat jarayonida qaysidir masala böyiça jiddiy kelişuvga erişilmagan.

NBC telekanali Milliy xavfsizlik kengaşining Oq uydagi vakili Maykl Entonga asosan xabar qilişiça, şaxsiy uçraşuv borasida aniq bir töxtamga kelinmagan.

Enton prezidentlar ehtimoliy şaxsiy uçraşuv imkoniyatini muhokama qilişganini tasdiqladi, biroq uning ta'kidlaşiça, bu borada aniq fikrga kelişmadi, hamda muhokama xodimlar darajasida davom etadi.

Şuningdek, RF va AQŞ rahbarlari “KXDRdagi juda xavfli vaziyatni qanday qilib ijobiy hal qiliş mumkinligi” borasida ham fikr almaşişgan. 

"Ular KXDRdagi juda xavfli vaziyatni qanday qilib ijobiy hal qiliş mumkin ekani haqida ham suhbat qurişdi", - deyiladi Oq uyning bu boradagi bayonotida.