Tojikiston hududida çorşanba kuni soat 09.47 da ikki yer silkinişi qayd qilindi, 2 ta uy zarar körgan, qurbonlar va jabrlanganlar haqida ma'lumot yöq. Bu haqda RIA Novosti Tojikiston favqulodda vaziyatlar böyiça Qömitasi matbuot markazi rahbari Umida Yusupovga asosan xabar tarqatdi.
“Zilzila öçoği Duşanbe şahridan 265 kilometr şimoli-şarqda, Tojikiston va Qirğiziston çegarasida bölgan”, - deya aytib ötdi u.
Uning sözlariga köra, yer silkinişi öçoğida birinçi zilzila magnitudasi 4-5, ikkinçisiniki esa – 6 ballni taşkil etgan. Duşanbeda esa 3-4 ball bölgan.
"Dastlabki ma'lumotlarga köra, Laxş tumanining Sargoy qişloğida ikkita uy zarar körgan. Qurbonlar va jabrlanganlar yöq, boşqa vayronagarçiliklar yoki qurbonlar haqida xabarlar hozirça yöq", - deya qöşimça qilib ötdi Yusupova.
Eslatib ötamiz, 3 may kuni soat 9:48da Özbekistonning şarqiy hududlarida ham zilzila qayd etildi. Toşkent şahri aholisi 4 ball atrofidagi yer qimirlaşi kuçini sezişdi. Zilzila Farğona vodiysida ham kuzatilgan. Andijon şahrida zilzila kuçi 3 ballni taşkil etgan.












